O‘simliklar va odamlar bir-biriga yashash uchun yordam beradi. Kishining bir kunlik kislorodga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun 22 ta daraxt kerak. O‘rmonlarning kesilishi natijasida biz qisqa yoki uzoq muddatli xavf-xatarlarga duchor bo‘lishimiz mumkin.

Daraxtlar biz uchun nafaqat toza havo, balki ozuqa, qolaversa boshpana manbai hamdir.

Daraxtlarni asrash, yashillik olamini kengaytirish va jonli ekologiyaga hissa qo‘shish maqsadida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi yo‘lga qo‘yildi va chinakam xalq harakatiga aylandi. Har yili bahor va kuzda daraxt ko‘chatlari ekish an’anasi jonlandi. Mazkur loyiha doirasida shaharlar yashillik darajasini 30 foizga yetkazish, xususan, ularning atrofida “yashil belbog‘”lar yaratish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda “Daraxtga nafas bering!” ekologik aksiyasi tashkil etilmoqda. Ushbu aksiya Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda va respublikaning barcha hududlarini qamrab olgan.  

Dehqon bozorlari atrofi, tuman markaziy va ichki ko‘chalarida ham nazorat tadbirlari boshlab yuborilgan. Hududlarda qimmatbaho daraxt turlarini ro‘yxatga olish va ularni saqlash, to‘g‘ri muhofaza qilish ishlari olib borilmoqda. Aksiya nafaqat tabiatni muhofaza qilish, balki aholiga atrof-muhitga mehr bilan munosabatda bo‘lish zarurligini yana bir bor eslatadi.

Aksiya davomida daraxtlarning ildizlariga havo va suv kirishiga to‘sqinlik qiluvchi holatlarni aniqlash va ularni bartaraf etish, shuningdek, daraxtlarga o‘rnatilgan turli texnik qurilmalar — simlar, reklama bannerlari va boshqa tabiiy o‘sishga xalal beruvchi narsalardan xalos qilish kabi ishlar bajarilmoqda.

Aksiya har yili o‘tkaziladi. Bu orqali daraxtlarning yashovchanligini ta’minlash, ularning zararli vositalar ta’sirida shikastlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsad qilingan.

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Daraxtlarning har biri - o‘ziga xos ekotizim