Mamlakatimiz to‘qimachilik sohasida xalqaro brendlarni sotib olish mahalliy sanoat uchun bir qator muhim qulayliklar yaratadi. Jumladan, bunday hamkorlik mahalliy ishlab chiqaruvchilarni xalqaro talab va standartlarga moslashishga rag‘batlantiradi, ishlab chiqarish jarayonlari va mahsulot sifati oshishiga xizmat qiladi.

Yaqinda O‘zbekiston to‘qimachilik korxonasi – “Kamalak Shabnam Teks” MCHJ mahalliy biznes amaliyotida ilk bor xorij brendini sotib olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi Xalqaro brendlarni jalb qilish bo‘limi boshlig‘i Abdulaziz Abdurahimov O‘zA muxbiriga ma’lum qildi. 

– Albatta, bu mamlakatimiz to‘qimachilik sanoati uchun katta yangilik bo‘ldi, – dedi A.Abdurahimov. – Chunki xalqaro brendlar bilan hamkorlik mahalliy korxonalarning tashqi bozorlarga chiqishi, xorijiy investitsiya va zamonaviy texnologiyalarni jalb etishiga keng yo‘l ochadi. Bu esa, o‘z navbatida, mahalliy brendlarning raqobatbardoshligini oshirib, sohaning umumiy rivojlanishi va mamlakat iqtisodiyoti o‘sishiga salmoqli hissa qo‘shadi. 

Buxoro viloyatidagi “Kamalak Shabnam Teks” MCHJ yaqinda yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayonida Germaniyaning mashhur “Curt Bauer” kompaniyasi aktivlarini to‘liq O‘zbekistonga olib kirishga erishdi. Bu mamlakatimiz mahalliy biznes amaliyotida ilk bor jahon miqyosida tan olingan va 140 yildan ortiq tarixga ega xorijiy to‘qimachilik brendining rasman sotib olinishidir. Ushbu voqea mamlakatning to‘qimachilik sanoatida xalqaro bozorlar yo‘nalishidagi rivojlanishi uchun jiddiy bosqich bo‘ldi. 

Ta’kidlash joiz, “Curt Bauer” kompaniyasi 1882 yilda Germaniyaning Saksoniya mintaqasida tashkil etilgan bo‘lib, uy uchun premium toifadagi matolar, texnik to‘qimachilik hamda G‘arbiy Afrika bozori uchun maxsus damask matolarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Kompaniya noan’anaviy dizayn, yuqori ishlab chiqarish sifati va innovatsion to‘qimachilik muhandisligi bilan xalqaro bozorda alohida o‘rin egallaydi. 

Xo‘sh, xorijiy brendni qo‘lga kiritish “Kamalak Shabnam Teks” MCHJga nima beradi? Bu imkoniyat tufayli mazkur mahalliy kompaniya yurtimiz hududida “Curt Bauer” brendiga nisbatan eksklyuziv mulk huquqiga ega bo‘ldi. Ya’ni, O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati nafaqat ichki bozor, balki global maydonda ham o‘z o‘rnini mustahkamlash yo‘lida yana bir qadam tashladi. 

Mazkur loyiha doirasida avtomobilsozlik, mudofaa sanoati, aviatsiya, tibbiyot va maishiy ehtiyojlar uchun poliester va poliamid asosida yuqori sifatli texnik hamda uy to‘qimachiligi mahsulotlarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Bu nafaqat 785 ta yangi ish o‘rni yaratilishiga yo‘l ochadi, balki Germaniyaning ilg‘or to‘qimachilik texnologiyalari va muhandislik yondashuvlarini O‘zbekistonga olib kirish imkonini beradi. 

Ushbu kelishuv mamlakatda yuqori texnologiyali qayta ishlash salohiyatini kuchaytirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va hududlarda barqaror ish o‘rinlari yaratish kabi strategik maqsadlarga to‘liq mos keladi. Loyiha mahalliy ishlab chiqarishning xalqaro miqyosda raqobatbardoshligini oshirish va eksport salohiyatini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zA muxbiri 

Nasiba Ziyodullayeva

 yozib oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniyadagi mashhur “Curt Bauer” brendining eksklyuziv mulk huquqi rasman O‘zbekiston korxonasiga o‘tdi