Senat ishchi guruhi tomonidan hududlarda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish natijasida “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga zid ravishda davlat idoralarining ayrim xodimlari tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgani ma’lum bo‘ldi. 

Ishga qabul qilish, davlat xaridlari sohasida ham ko‘plab manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga yo‘l qo‘yilmoqda.

Bu Senatda “Mahalliy kengashlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari: ustuvor vazifalar” mavzusida tashkil etilgan seminarda qayd etildi. 

Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi A.Eshmurodov boshqargan tadbirda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, korrupsiyaviy  omillarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Seminarda xalq deputatlari mahalliy kengashlarining hududlarda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari yuzasidan samarali faoliyatni yo‘lga qo‘yish hamda uni amalga oshirish tartib-taomillari va mexanizmlari tahlil qilindi.

Davlat organlari va tashkilotlarining hisobot (axborot)larini eshitish, mahalliy byudjetni tasdiqlash va uning ijrosini nazorat qilish hamda mahalliy kengashlarning norma ijodkorligi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Seminar doirasida xalq deputatlari mahalliy kengashlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi tutgan o‘rni va vakolatlari, asosiy vazifalari to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi.

Mahalliy kengashlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid faoliyatini axborot-tahliliy va tashkiliy jihatdan ta’minlash mahalliy kengash kotibiyati tomonidan amalga oshirilishi, zarur hollarda hujjatlar, axborot va ma’lumot materiallari, qolaversa, ushbu faoliyat bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha mutaxassislarning maslahatlari bilan ta’minlashi qayd etildi.

Seminar yakunida mahalliy kengashlar bilan hamkorlikni tizimli rivojlantirish zarurligi, mahalliy kengash deputatlari o‘z saylovchilari manfaatlari yo‘lida o‘tkaziladigan tadbirlarning samaradorligini oshirishi, ayniqsa, hududlardagi korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini yanada kuchaytirishi muhimligi ta’kidlandi.

N.Abduraimova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat: hududlarda ishga qabul qilish va davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilmoqda