Vatanimiz tarixidagi 27 may sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1187 yil (bundan 838 yil oldin) – Xorazmshoh Takash tomonidan ikkinchi marta qamal qilingan Nishopur shahri himoyachilari qirq kunlik qamaldan so‘ng shaharni Xorazmshohga topshirdilar. Xorazmshoh o‘z qo‘shini bilan shaharga kirdi va adolat o‘rnatishga kirishdi. Nishopur otabegi Mengli Tegin tomonidan fuqaro va amaldorlardan tortib olingan mol-mulklar egalariga qaytarildi. Xorazmshoh Takash Mengli Teginni jazolash uchun uni shaharning imomlari qo‘liga topshirdi. 

Imomlar Mengli Teginni jazolashni u qatl qildirgan Xorazmning ko‘zga ko‘ringan diniy arbobi Shayxulislom Burxoniddin Kufiyning otasiga havola qildilar. Ota bu yovuz, qabih jinoyatchini o‘lim jazosiga hukm qildi. Hukm ijro etildi. Bundan buyon xiyonat va o‘zboshimchalik sodir bo‘lishining oldini olish maqsadida Xorazmshoh Takash Nishopurni o‘z davlati hududiga qo‘shib oldi va katta o‘g‘li Nasriddin Malikshohni shahar hokimi etib tayinladi.

1507 yil (bundan 518 yil oldin) – Hirotda Muhammad Shayboniyxon nomiga xutba o‘qildi. Bu haqda tarixchi olim Xondamir quyidagicha qayd etadi: “913 yil muharram oyining o‘n beshida (milodiy 1507 yil 27 may) juma kuni saltanat poytaxti Hirotning Jome masjidida xutbani Abulxayrxon va Muhammadxon Shayboniy nomiga o‘qidilar va Shayboniyxon buyurgani bo‘yicha xonning laqabini “imomi zamon va xalifat ur-rahmon” (zamon imomi hamda Ollohning yerdagi noibi) shaklida tilga oldilar”.

1926 yil (bundan 99 yil oldin) – adabiyotshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Abduqodir Hayitmetov tavallud topdi (vafoti 2005 yil). Uning ilmiy faoliyati, asosan, buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiy ijodini o‘rganishga bag‘ishlangan. U o‘z asarlari bilan navoiyshunoslik fanini yangi bosqichga ko‘targan. Abduqodir Hayitmetov Navoiyning “Hayrat ul-abror” hamda “Farhod va Shirin” dostonlarining nasriy variantlarini tayyorlab nashr etgan. U 2003 yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan. 

1956 yil (bundan 69 yil oldin) – Toshkent yaqinidagi Nazarbek ko‘llarida dastlabki marta kanoe va baydarkada eshkak eshish bo‘yicha O‘rta Osiyo mintaqaviy musobaqalari boshlandi. Ularda toshkentlik qizlar juftlik kanoeda birinchi g‘alabalarini nishonladilar.

1999 yil (bundan 26 yil oldin) – mamlakatimizning bosh axborot muassasasi – O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Internetda o‘z sahifasini ochganligi haqida xabar e’lon qilindi. Undan siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotga oid muhim xabarlar, yangiliklar e’lon qilib boriladi.

2008 yil (bundan 17 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2010 yil (bundan 15 yil oldin) – Garvarddagi Xalqaro kichik sayyoralar markazining 70135-sonli sirkulyari chop etildi. Unda butun dunyo bo‘ylab O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya institutining Maydanak observatoriyasida kashf etilgan yangi, shu paytgacha fanda noma’lum bo‘lgan kichik sayyoraga jahonning eng ko‘hna va go‘zal shaxarlaridan biri, astronomiya fanining “Oltin beshigi” sanalmish Samarqand shahri nomi berilgani xabari tarqatildi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish kerakki, bunga qadar olimlar tomonidan aniqlangan kichik sayyoralardan beshtasi mamlakatimiz nomi va tarixi bilan bog‘liq holda atalgan. Bular, xususan: “O‘zbekiston”, “Avitsenna”, “Ulug‘bek”, “Beruniy” va “Xorazmiy” nomidagi kichik sayyoralardir. Ushbu samoviy jismlar turli yillarda mahalliy olimlarimiz emas, aksincha xorijiy astronomlar tomonidan kashf etilgan. 

2019 yil (bundan 6 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

2019 yil (bundan 6 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2021 yil (bundan 4 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga gematologiya va onkologiya xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2022 yil (bundan 3 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2024 yil (bundan 1 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy va professional ta’lim tashkilotlari talabalari va o‘quvchilariga byudjet mablag‘lari hisobidan ta’lim kreditini ajratish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kichik sayyoralardan biriga falakiyotning “Oltin beshigi” bo‘lgan qaysi qadimiy shahrimiz nomi berilgan?