Saudiya Arabistoni 2026-yildan boshlab alkogol mahsulotlarini sotish va iste’mol qilishga ruxsat berishni rejalashtirmoqda. Bu qadam 2034-yilda o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorgarlikning bir qismi hisoblanadi.

Spirtli ichimliklar faqat 600 ga yaqin turistlik joyda sotilishi rejalashtirilgan. Bular asosan mehmonxonalar, dam olish maskanlari va sayyohlar uchun mo‘ljallangan hududlar bo‘ladi. Pivo, vino va sidr sotib olish mumkin bo‘ladi.

Germaniyada yetarli miqdorda ko‘ngillilarni jalb etish imkoni bo‘lmasa, 2026-yildan majburiy harbiy xizmatga qaytiladi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri ma’lum qildi.

Vazir tegishli qonun loyihasi kelgusi yilning 1-yanvaridan kuchga kirishi mumkinligini ta’kidladi. Germaniya armiyasida majburiy harbiy xizmat 2011-yilda faqat tinchlik davri uchun bekor qilingan edi.

Indoneziyaning markaziy qismidagi Sharqiy Yava provinsiyasida bir sutka ichida 11 marta Semeru vulqoni otilishi qayd etildi.

Vulqon otilishi natijasida hosil bo‘lgan kul ustuni vulqon krateridan 1200 metr yoki dengiz sathidan 4876 metr balandlikka yetgan. Mahalliy aholi va sayyohlarga vulqondan 8 kilometr janubi-sharqda kraterga yaqinlashmaslik tavsiya qilingan.

Fransiya Prezidenti Emmanuyel Makronning Vetnamga borgan payti ayolidan tarsaki yegani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Ushbu holatga Yelisey saroyi munosabat bildirdi.

Videoda Prezident samolyot eshigidan ko‘rinadi va ichkarida kim bilandir gaplashayotgan vaqtda bir qo‘l uning yuziga yaqinlashib, iyagiga yengil tarsaki tushiradi. Makron bu holatga qisqa hayrat bildiradi, lekin darhol o‘zini tutib, kameralar qarshisida salomlashadi.

Hindiston xavfsizlik kuchlari chegarani noqonuniy kesib o‘tishga uringan Pokiston fuqarosini otib o‘ldirdi.

Hindistonning Chegara xavfsizlik kuchlari (BSF) bergan bayonotga ko‘ra, voqea Gujarot shtatida yuz bergan. 

Chegara bo‘yicha patrullik qilayotgan harbiylar “shubhali shaxs”ni ko‘rgan va uni to‘xtashga chaqirgan. Ammo u bu buyruqni e’tiborsiz qoldirib, yugurishda davom etgan. Shundan so‘ng harbiylar unga qarata o‘q uzganini ma’lum qilishgan.

Rossiya qo‘shinlari 25-mayga o‘tar kechasi Ukrainaga dronlar va raketalar bilan eng yirik aviazarbani amalga oshirdi. Mazkur aviahujumga 298 ta dron jalb etildi. AQSH prezidenti Donald Tramp bunga munosabat bildirib, rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinni keskin tanqid qildi.

AQSH rahbari Putin butun Ukrainani bosib olmoqchi ekani, biroq bu “Rossiyaning qulashiga olib kelishi”ni ta’kidladi. Tramp o‘z bayonotida ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiyni ham tanqid qildi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/DeMZa1VXy5M" title="Xalqaro dayjest" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Iroda Jo‘rayeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro dayjest (+video)