Ayrim hollarda vafot etgan shaxsning soliqdan qarzdorligi bo‘yicha xabarnoma uning farzandlari yoki merosxo‘rlariga yuborilishi mumkin.
Tegishli qonunchilikka muvofiq, fuqaro vafot etganidan so‘ng, uning mol-mulki, jumladan, soliq majburiyatlari ham meros tarkibiga kiradi. Agar farzandlar yoki boshqa merosxo‘rlar merosni qabul qilgan bo‘lsa, u holda marhumning qarzlari — shu jumladan, ayrim soliqlar bo‘yicha qarzdorligi — ular tomonidan to‘lanishi lozim bo‘ladi.
Shu munosabat bilan soliq organlari meros qabul qilgan shaxslarga rasmiy xabarnoma yuborish huquqiga ega. Unda qarzdorlik summasi, to‘lov tartibi va muddatlari ko‘rsatiladi.
Soliq eksperti — Dildora Hoshimova bu yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/1dQrqzwxu4k" title="“Huquqiy ekspert”: Vafot etgan shaxsga soliqdan qarz xabarnomasi kelashi mumkin" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M. Eshmirzayeva, D. Yakubov, U. To‘xtayev, O‘zA