Mo‘ynoq tumanida uch kun davom etgan “Rally Muynak – 2025” avtoralli bo‘yicha O‘zbekiston chempionati g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizning turli burchaklaridan va xorijdan kelgan sportchilar ikki toifadagi avtomobillarda – dvigatel hajmi 1600 sm3gacha “A-8” va dvigatel hajmi 2000 sm3gacha “A-9” sinflari bo‘yicha bellashdilar. Shuningdek, dvigatel hajmi 2000 sm3gacha “Baggi” va dvigatel hajmi 125 sm3gacha va 500 sm3gacha mototsikllar bo‘yicha musobaqalar ham tashkil etildi. Avtomotosport musobaqalarida 120 nafardan ortiq avtomotosport ustasi, shundan 40 tadan ortiq avtomobil, 25 tadan ziyod mototsikl va 15 tadan ortiq “Baggi” ishtirok etdi.

Musobaqalar yakunida dvigatel hajmi 1600 sm3gacha “A-8” sinfi bo‘yicha birinchi o‘rinni Namangan viloyatidan Temur Narziqulov, Aziz Turopov, ikkinchi o‘rinni Samarqand viloyatidan Fikrat Axtamov, Firuz Jumayev, uchinchi o‘rinni ushbu viloyatdan Ilhom Obidjanov, Vladimir Minin qo‘lga kiritdi. Dvigatel hajmi 2000 sm3gacha “A-9” sinfi bo‘yicha Buxoro viloyatidan Rashid Murodov va Qilich Narziqulov birinchi, Qashqadaryo viloyatidan Umid Toshpulatov va Jasur Temirov ikkkinchi, Toshkent shahridan Rustam Muhamedov va Elyor Rahmonov uchinchi o‘rinlarga sazovor bo‘ldi. “Baggi” bo‘yicha Jizzax viloyatidan Xurshid G‘oniyev, Sirdaryo viloyatidan Ravshan Qobilov, Andijon viloyatidan Ilhom Ahmedov sovrinli o‘rinlarni egalladi. Shuningdek  dvigatel hajmi 125 sm3gacha bo‘lgan mototsikllar bo‘yicha Navoiy viloyatidan Bagdan Saturyan, Buxoro viloyatidan Bekzod Xalimboyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Begaris Aytbayev, dvigatel hajmi 500 sm3gacha mototsikllar bo‘yicha Buxoro viloyatidan Jasurbek Samatov, ushbu viloyatdan Baxtiyor Ahmedov hamda Navoiy viloyatidan Adham Temirovlar sovrinli o‘ringa ega bo‘ldi.

[gallery-23586]

“Rally Muynak – 2025” avtomoto sporti musobaqalari g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrinlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, g‘oliblar, murabbiylar va hakamlarga O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi, Turizm qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Rally Muynak – 2025” musobaqasi g‘oliblari taqdirlandi