Ma’lumki, qimmatbaho toshlardan va metallardan yasalgan zargarlik buyumlarini chegara bojxona postlari orqali O‘zbekistonga olib kirish va undan olib chiqishda belgilangan me’yorlar bor.

Jumladan, jismoniy shaxslar O‘zbekistonga o‘z ehtiyojlari uchun 65 grammgacha bo‘lgan zargarlik buyumlarini olib kirishlari mumkin. 65 grammdan ko‘p bo‘lgan zargarlik buyumlarini olib kirish esa, bevosita bojxona to‘lovlarini to‘lagan holda amalga oshiriladi. To‘lovlar miqdori olib kirilayotgan zargarlik buyumlari turi va vazniga ko‘ra o‘zgaradi. 65 grammdan oshgan zargarlik buyumlari uchun belgilangan tartibda boj to‘lanadi. 

Masalan, jismoniy shaxs tomonidan O‘zbekiston hududiga og‘irligi 100 gr bo‘lgan zargarlik buyumi olib kirilayotgan bo‘lsa, 100 grammning 65 grammiga imtiyoz qo‘llaniladi. Ya’ni, hech qanday bojxona to‘lovi undirilmaydi.  

Qolgan 35 gramm zargarlik buyumi uchun me’yoriy hujjatlarda belgilangan tartibda bojxona to‘lovi undiriladi. Bunda boj miqdori olib kirilayotgan zargarlik buyumining qanday qiymatdagi metalldan yasalgani, undagi tosh qiymati inobatga olingan holda belgilanadi. Tijorat maqsadlarida zargarlik buyumlarini olib kirish bevosita bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirgan holda amalga oshiriladi.  

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, qimmatbaho metall va toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini kurerlik xizmatlari va pochta jo‘natmalari orqali O‘zbekistonga olib kirish va undan olib chiqish taqiqlanadi.  

Biroq, shunga qaramay, go‘yoki yaqinlariga sovg‘a degan vaj va bahonalar bilan tilla va zargarlik buyumlarini belgilangan normalardan ko‘proq olib kirishga urinayotgan shaxslar hamon uchrab turibdi.  

Xususan, Toshkent xalqaro aeroportida qo‘shni davlatdan uchib kelgan fuqaroning yuklari orasidan me’yoridan ortiqcha bo‘lgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.  

Joriy yilning 25 may kuni Istanbul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan, yashil yo‘lak orqali harakatlanib kelayotgan fuqaro chegara bojxona posti xodimlari tomonidan to‘xtatildi.  

Fuqaroga tegishli bo‘lgan yuklarni belgilangan tartibda tekshirish jarayonida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan, bojxona organi xodimlarining og‘zaki so‘rovi vaqtida ham ma’lum qilinmagan taxminiy qiymati 350 million so‘mlik zargarlik buyumlari borligi aniqlandi. Mazkur zargarlik buyumlarining umumiy og‘irligi 370 grammni tashkil etmoqda.  

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.  

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy tarzda zargarlik buyumlarini olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi