Futbol bo‘yicha Osiyo qit’asida Jahon chempionati 3-saralash bosqichining 9 va 10-tur uchrashuvlari iyun oyi boshida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Milliy terma jamoasi mazkur turlarga munosib tayyorgarlik ko‘rish uchun 28 may kuni navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishadi va 29 maydan yig‘inni Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettiradi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze  tomonidan yig‘inga jalb etilgan futbolchilarning ro‘yxati e’lon qilindi:

Darvozabonlar: O‘tkir Yusupov ("Fulad", Eron), Abduvohid Ne’matov ("Nasaf"), Botirali Ergashev ("Neftchi").

Himoyachilar: Rustam Ashurmatov ("Rubin" Rossiya), Abdulla Abdullayev ("Paxtakor"), Abduqodir Husanov ("Manchester Siti"), Umar Eshmurodov ("Nasaf"), Islom To‘xtaxo‘jayev (OKMK), Husniddin Aliqulov ("Rizespor", Turkiya), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Sherzod Nasrullayev ("Nasaf"), Farrux Sayfiyev ("Neftchi").

Yarim himoyachilar: Odil Hamrobekov ("Bunyodkor"), Abbos Fayzullayev (SSKA, Rossiya), Jamshid Iskanderov ("Neftchi"), Jaloliddin Masharipov ("Istiqlol", Eron), Oston O‘runov ("Persepolis", Eron), Otabek Shukurov ("Al Feyha", Saudiya Arabistoni), Abdurauf Bo‘riyev ("Paxtakor"), Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Ruslan Jiyanov ("Navbahor"), Hojimat Erkinov ("Al Vahda", BAA), Aziz Turg‘unboyev ("Sivasspor", Turkiya).

Hujumchilar: Eldor Shomurodov ("Roma", Italiya), Igor Sergeyev ("Paxtakor").

Ma’lumot o‘rnida: Saralashning “A” guruhida Eron 20 ochko jamg‘arib, birinchi o‘rinda bormoqda va bu jamoa muddatidan avval Jahon chempionatiga yo‘l oldi. O‘zbekiston terma jamoasi esa 8-turdan so‘ng 17 ochko jamg‘arib, ikkinchi pog‘onada bormoqda. BAA esa 13 ochko bilan uchinchi o‘ringa joylashgan bo‘lsa, Qatar termasi 10 ochko, Qirg‘iziston esa 6 ochko bilan 4-5-o‘rinlarda ketmoqda. KXDR hamon 2 ochko bilan so‘nggi pog‘onada.

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 5 iyun kuni o‘tkaziladigan 9-turda g‘alaba yoki durang natija qayd eta olsa, mundialga chiqadi. Agarda kutilmaganda mag‘lub bo‘lsak, guruhdagi so‘nggi uchrashuvda, aniqrog‘i 10 iyun kuni Qatarga qarshi Toshkentda o‘tadigan o‘yinda katta hisobda g‘alaba qozonishimiz kerak bo‘ladi. BAA esa o‘sha kuni safarda Qirg‘iziston bilan raqobatlashadi.

Umid qilamizki, hammasi BAA termasiga qarshi o‘tadigan o‘yinda Timur Kapadze boshchiligidagi terma jamoamiz a’zolari tomonidan ijobiy hal etiladi va futbolimiz tarixida yana bir quvonarli natija oltin harflar bilan yoziladi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Timur Kapadze navbatdagi yig‘inga jalb etilgan terma jamoa tarkibini e’lon qildi