Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida to‘qqiz kun davomida dunyo shaxmat ishqibozlari e’tiborini o‘ziga tortgan “Sharjah Masters-2025” xalqaro turniri yakunlandi.

Mazkur nufuzli turnirda ilk bor o‘zbekistonlik shaxmatchi, ya’ni Nodirbek Abdusattorovning musobaqada birinchi raqamli ishtirokchi sifatida tasniflangani quvonchli va mas’uliyatli bo‘ldi.

Xalqaro turnirning “A” guruhidagi barcha uchrashuvlar o‘zbekistonlik shaxmat muxlislari, mutaxassislari uchun hayajonli o‘tdi, chunki ushbu guruhda 5 nafar shaxmatchimiz dona surdi.

Kecha poyoniga yetgan 9-tur o‘yinlaridan keyin mukofot jamg‘armasi 73 ming AQSH dollarini tashkil etgan turnirning g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.

Bahslar sarhisobiga ko‘ra, niderlandiyalik Anish Giri 7 ochko bilan 1-o‘rinni naqd qildi. 6,5 ochko jamg‘argan serbiyalik Aleksandr Injich va Nodirbek Abdusattorov 2 va 3-o‘rinlardan joy egallashdi.

Shu o‘rinda aytish lozim, “A” guruhi musobaqalarida ishtirok etgan 82 nafar shaxmatchining 7 nafari biron bir bahsda mag‘lubiyatga uchramadi. Ular orasida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham borligini e’tiborli hol sifatida talqin etish mumkin. Nodirbek 9 ta turning 4 tasida g‘alaba qozondi, 5 tasida durangga erishdi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Ortiq Nig‘matov 4,5 ochko bilan 82 nafar ishtirokchi orasida 34-o‘rinni, Jahongir Vohidov 4 ochko bilan 60-o‘rinni, Muhiddin Madaminov 3,5 ochko bilan 66-o‘rinni band etdi.

“Sharjah Masters-2025” xalqaro turnirining “B” guruhida 142 nafar iste’dodli shaxmatchilar qatnashgan bo‘lsa, ular orasida mamlakatimizning 12 nafar vakili o‘z omadini sinovdan o‘tkazdi.

Mamlakatimiz shaxmatchilaridan Davron Sharipov 5,5 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, 9-o‘rinni, Behruz Umarov (5) va Madinabonu Xalilova (5) 62-63-qatorlarni, Muhammadrizo Umarov (4) 85-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqada 15-o‘ringacha bo‘lgan pog‘onalardan joy olganlar mukofot jamg‘armasida belgilangan miqdordagi mablag‘larga ega chiqdi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nodirbek Abdusattorov “Sharjah Masters-2025”da sovrindor va 7 nafar yengilmas shaxmatchidan biri bo‘ldi