Poytaxtimizdagi “Saxovat sport servis” sport majmuasida Xalqaro tennis federatsiyasining rasmiy taqvimidan o‘rin olgan M15 toifasiga kiruvchi xalqaro turnirda yosh tennischimiz Maksim Shin juftlik bahslarida g‘olib bo‘ldi.
Maksim Shin italiyalik sherigi Lorenzo Lorusso bilan birgalikda xalqaro turnir finalida Hindiston vakillari Ishaq Eqbal va Nitin Kumar Sinx duetiga qarshi bahs olib bordi. Mazkur bahsda Maksim va Lorenzo raqiblarini 6:4, 6:7, 10:6 hisobida taslim qildi va bosh sovringa ega chiqdi.

Yakkalik bellashuvlarda hindistonlik Karan Singx va yaponiyalik Renta Tokuda g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi. Shu tariqa, bir xafta davom etgan turnir o‘z yakuniga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA