FOTOREPORTAJ
Avval xabar berganimizdek, Toshkent viloyatidagi “Terma jamoalar markazi” stadionida “CAFA U-17 Championship 2025” turniri bo‘lib o‘tyapti.
O‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan nufuzli turnirda Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Eron, Afg‘oniston va O‘zbekiston terma jamoalari ishtirok etmoqda. Jamoalar 2 ta guruhga bo‘lingan holda uchrashuvlar o‘tkazishyapti.
Kecha hamyurtlarimiz qirg‘iz tengdoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. O‘yin davomida to‘la ustunlikka erishgan yosh futbolchilarimiz 5:1 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Turkmaniston-Afg‘oniston uchrashuvida 1:0 hisobi qayd etildi.
[gallery-23575]
O‘smirlarimiz 28 may kuni Eron terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA