Mardu maydonlar

Mamlakatimiz hududining qariyb 30 foizini tog‘lar va tog‘ oldi kengliklari tashkil etadi. Shu bois qoyalarga chiqish va tushish, bu yerlarda harakatlanish uslubiyatini chuqur o‘zlashtirish, ko‘nikmalarni mustahkamlash – berilgan topshiriqlarni kutilganidek ado etish imkonini beradi. Shundan kelib chiqib, Ugom-Chotqol tog‘ tizmalarida harbiy xizmatchilar qoyalarda chiqib-tushish bo‘yicha bilimlarni muntazam oshirib keladi.

Anglaganingizdek, gap Mudofaa vazirligi tog‘ tayyorgarligi o‘quv-mashqlar markazi xususida ketyapti. Yaqinda ijodiy jamoamiz bilan yana ushbu markazga bordik. Bu safar harbiy xizmatchilarning balandligi 150 metr keladigan qoyalarda olib borgan mashg‘ulotlariga guvoh bo‘ldik.

– Toqqa arqon yordamida chiqish va tushish jarayonlari bir qarashda oddiy va oson tuyuladi, – deydi mayor Atajon Atajonov. – Mukammal qurollangan va maxsus moslamalar bilan harakatlanish hamda qisqa vaqt ichida yuqoriga ko‘tarilish mushkul ish hisoblanadi. Chunki, kutilmaganda nazoratingiz ostida bo‘lgan vaziyat o‘zgarib, yo yomg‘ir yog‘adi yoki qoyaga qotirilgan maxsus vosita pand beradi. Albatta, bu haqda o‘ylashning o‘zi kishi vujudini titratadi. Biz toqqa ko‘tarilayotganda hammasini hisobga olamiz. Biron-bir narsa e’tibordan chetda qolmaydi. Qayerda qaysi uskunadan foydalanish yaxshi samara beradi, har kuni o‘quvlarda bevosita ishtirok etayotgan harbiy xizmatchilar bu borada yetarli ko‘nikmaga ega.

E’tiborlisi, har bir mavzu harbiy xizmatchilar bilan individual hamda jamoaviy tarzda olib boriladi. Bu esa, sohani yaxshi bilish, yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lish imkonini bermoqda.

Ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida alpinistlar tomonidan baland tog‘lar, muz qoyalar va inson oyog‘i umuman yetmagan joylar zabt etilgani haqidagi xabarlarga duch kelamiz. Bu hayratimizni oshiradi. Lekin bir savol meni o‘ylantiradi: xo‘sh, alpinist bilan harbiy alpinist o‘rtasida qanday farq bor? O‘zi ularni bir-biri bilan taqqoslasa bo‘ladimi?

– Ta’kidlashim kerakki, tog‘da harakatlanish hammani ham birdek azoblaydi, – deydi katta yo‘riqchi II darajali serjant Abdumuxtor Abdug‘aniyev. – Ammo, shu sohada ko‘p yillik tajriba to‘plagan va eng muhimi, kerakli bilimlarni egallaganlargina ko‘zlagan marrani zabt etadi. Bunga shaxsan ko‘p bor guvoh bo‘lganman. Men qaysi qoyaga ko‘tarilishdan oldin u bilan xayolan so‘zlashaman, tinglayman. Va, his etaman. Chunki, bu o‘ta muhim. Siz nima qilayotganingizni bilishingiz, rejalaringizni tartibga keltirib olishingiz kerak.

 Muhimi, ro‘parangizdagi to‘siqqa bardosh berolasizmi? Mana shu savolga javob topsangiz, demak, marra sizniki. Aksincha bo‘lsa, unda yarim yo‘lda mag‘lubiyatni tuyasiz.

Darvoqe, alpinistlar yengil, o‘zlariga kerakli anjomlar bilan qoyalarda harakatlanishlari mumkin. Harbiy alpinistlar esa to‘liq jangovar shay holatda, qurol-aslahalar, safar xaltasi va boshqa zarur buyumlar bilan toqqa ko‘tariladi. Bu ikkisini aslida bir-biriga taqqoslab bo‘lmaydi, nazarimizda. Garchand qoya odami bo‘lsalar-da. Chunki, biri xobbi uchun, boshqasi tinchlikka qalqon bo‘lish maqsadida tavakkalga qo‘l uradi.

– Jismoniy chiniqmagan, yetarlicha ko‘nikmaga ega bo‘lmagan, organizmini shunga o‘rgatmagan va moslashtirmagan, qisqa qilib aytganda, ruhiyati mustahkamlanmagan kishi uchun tepaga qarab harakatlanish juda qiyin, – deydi tog‘ tayyorgarligi bo‘yicha katta yo‘riqchi, kichik serjant Husniddin Xiziraliyev. – Bu jarayonlarda kishidagi iroda ham, sabru bardosh ham, matonat ham qadamma-qadam sinovdan o‘tadi. Va, shunga qarab natija qayd etiladi. Shu sabab, harbiy xizmatchilar bilan to‘rt faslda, qolaversa, noqulay ob-havo sharoitida, notanish hududlarda o‘quvlar olib boriladi. Bu orqali yurt o‘g‘lonlarining o‘ziga ishonchini oshirib, jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga erishiladi.

Aytish kerakki, o‘quv dasturiga asosan mashqlar o‘ta murakkab. Bosqichma-bosqich o‘tkazilayotgan mavzularda yigitlar tog‘ sharoitida harakat olib borish taktikalarini sinovdan o‘tkazdi. Bu ularning chiniqishini, jismoniy va ruhiy tayyorgarligini yanada mustahkamlashda muhim o‘rin tutdi.

[gallery-23576]

Tog‘ sharoitida arqon kishiga dastyor-ko‘makchi sanaladi. Galdagi vazifaga ko‘ra, yigitlar arqon yordamida cho‘qqidan tushish va chiqish, yaradorni evakuatsiya qilish, topografiya, nishon joylashgan hududni aniqlash va taktik harakatlarni olib borish kabi jarayonlarni olib boradi.

– Harbiy xizmatchi uchun kunu tun yoki jazirama issig‘u qor-yomg‘irli ob-havoning ahamiyati yo‘q, – deydi kichik serjant Alisher Rajabov.  – Berilgan topshiriqni o‘z vaqtida aniq va a’lo darajada bajarish uning oldida turgan eng muhim vazifadir. Albatta, bu kabi mashaqqatli mashqlar har tomonlama toblanishimizda muhim hisoblanadi. Chunki bugun olayotgan nazariy va amaliy ko‘nikmalarimiz kelgusi faoliyatimiz davomida asqotadi. Qolaversa, vaziyatga qarab tezkor va aniq qaror qabul qilishimiz kasbiy ko‘nikmalarimizni mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirib, doimiy jangovar shayligimizni ta’minlashga xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, Mudofaa vazirligi tog‘ tayyorgarligi o‘quv-mashqlar markazi Vatan posbonlarining nafaqat jismoniy, balki safdoshlar bilan hamfikr, hamjihatlikda jang olib borish, sabr-qanoatli, mustahkam irodali bo‘lish kabi sifatlarini oshirishlari uchun ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shohrux SAIDOV,

kapitan,

“Vatanparvar” muxbiri.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tog‘lar bilan tillashgan alplar