Bugun poytaxtimizda Markaziy Osiyo miqyosidagi eng yirik, nufuzli yoshlar konferensiyasi – BMT Toshkent xalqaro modeli (TIMUN 2025) ish boshladi.
Mazkur loyiha har yili Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti tashabbusi bilan BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida an’anaviy tarzda tashkil etiladi.
Joriy yig‘inda dolzarb xalqaro masalalarni muhokama qilish uchun mamlakatimiz va xorijiy davlatlardan 400 ga yaqin yosh delegat to‘plandi.
Qayd etish joiz, TIMUN yoshlar uchun diplomatiya, xalqaro munosabatlar sohasilda samarali muloqot o‘rnatish uchun qulay maydon.
2012 yil, tashkil etilgandan buyon anjuman BMT tuzilmalari, davlat tashkilotlari, rivojlanish bo‘yicha xalqaro hamkorlar tomonidan izchil qo‘llab-quvvatlanmoqda va tan olinmoqda.
Bu gal konferensiya kun tartibidan preventiv diplomatiyada tinchlik va xavfsizlik, sun’iy intellektni joriy etish va yoshlar bandligi o‘rtasidagi mutanosiblik, barqaror rivojlanish maqsadlarida yashil energetika va tabiiy resurslardan doimiy foydalanishni targ‘ib qilish kabi dolzarb mavzular o‘rin olgan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/S57l2js2pC8" title="O`zbek yoshlari ovozi baralla yangramoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo, Doniyor Yoqubov (video), O‘zA