Sergeli tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2024–2025 o‘quv yili bitiruvchilari uchun “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali tarzda o‘tkazildi. Mazkur tadbirda 209 nafar bitiruvchilar qatnashdi — ular turli sinflardan shakllangan, faol va izlanuvchan o‘quvchilardir.
Tadbir boshlanishida bitiruvchilar tantanali ravishda sahnaga taklif etildi. Barcha bitiruvchilar ikki qator bo‘lib sahnaga chiqishdi.
Keyinroq esa test sinovlari orqali oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida o‘qishga kirgan bitiruvchilar alohida e’tirof etildi. Ularga faxriy yorliqlar topshirildi.
Tadbirning eng ta’sirli qismlaridan biri – an’anaviy so‘nggi qo‘ng‘iroq jarangi bo‘ldi. Umidlar va xayrlashuvlar bag‘ridagi bu qo‘ng‘iroq bitiruvchilar va ustozlar uchun unutilmas voqeaga aylandi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/SuAsEe1BgVA" title="Sog‘inch va shodlikka boy “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri o‘tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Fardona Yaxshiboyeva, Yoqub Meliboyev, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA