2025 yil yanvar-aprel oylari yakuniga ko‘ra, Qozog‘iston O‘zbekistonning yetakchi savdo hamkorlari uchligida qoldi, deb yozmoqda “Kazinform” agentligi.
Mamlakatimiz Milliy statistika qo‘mitasi joriy yil dastlabki 4 oyda tashqi savdo aylanmasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16,3 foiz o‘sgani, bugungi kunda O‘zbekiston 183 davlat bilan savdo munosabatini yo‘lga qo‘ygani haqida yozgan.
Asosiy hamkorlar orasida Xitoy yetakchi: Chin davlati bilan "oldi-berdi" 4,1 milliard dollardan oshdi. Bu umumiy miqdorning 17 foiziga teng. Rossiya bilan eksport-import ko‘rsatkichi 15,1 foiz - ikkinchi natija.
uchinchi yirik hamkor - Qozog‘iston bilan tovar va xizmat ayirboshlash qiymati esa 1,4 milliard dollarga yaqinlashdi. O‘sish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 168 million dollarni tashkil etdi.
Eksport-import nisbati mos ravishda 986,8x405,7 million dollar.
Ostona va Toshkent o‘zaro savdoni yiliga 10 milliard dollarga yetkazish niyatini bildirgan. Ayni maqsadda Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida qo‘shimcha 4 ta savdo yo‘lagi ishga tushadi.
O‘tgan yil jami almashilgan mahsulot va xizmat narxi 4,2 milliard dollardan oshgan.