Ma’lumki, joriy yilning kuzida Buxoroda birinchi marotaba zamonaviy san’atni o‘zida namoyon etgan Buxoro biyennalesi bo‘lib o‘tadi.

Yana sanoqli kunlardan so‘ng qadim Buxoroda an’anaviy Ipak va ziravorlar festivali o‘tkaziladi. Butun dunyo sayyohlarining diqqat markazida bo‘lib kelayotgan ushbu tadbirda mingga yaqin hunarmandlarning yurtimizga tashrifi kutilyapti. Festivalda ishtirok etish maqsadidagi sayyohlar kelishi ham rejalashtirilgan. Joriy yil 5 sentyabrdan 20 noyabrgacha jahonning mashhur rassomlari, taniqli san’at ustalari o‘z asarlarini namoyish etadi. Tabiiyki, bu jarayonlar ham mehmonlar oqimini yanada oshiradi. 

– Bugungi kunda ko‘p xorijiy sayyohlar Samarqand, Xorazm, Buxoroga kelyapti, – deydi O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi Buxoro viloyat filiali direktori Rauf Avezov. – Ularga esa xalqimizning qadriyatlarini, an’analarini tarannum etuvchi yangi loyihalar namoyish etilmoqda. Buxoroda boshlangan “Ishq taronasi” deb nomlangan yangi teatrlashtirilgan tomosha shular jumlasidan. Bu esa o‘z o‘rnida yurtimizga xususan Buxoroga xorijiy sayyohlarning oqimini ko‘payishiga hissa qo‘shmoqda. 

Biyennale arafasida shaharning tarixiy markazida 10 ga yaqin loyihani amalga oshirish nazarda tutilgan. Hozircha, “Ishq taronasi” deb nomlangan, teatrlashtirilgan tomoshada yurtimizning an’ana va qadriyatlari aks ettirilib, milliy musiqa va raqslarning badiiyligi va ta’sirchanligiga alohida e’tibor qaratilgan. 

– Davlat rahbarining tashabbusi va yaratib bergan imkoniyatidan kelib chiqib, mana shu loyihaga qo‘l urdik, – deydi  rejissyor Ravshan Rasulov. –Tomoshamiz chet ellik mehmonlarga tushunarli bo‘lishi uchun so‘zsiz spektakl sahnalashtirishga harakat qildik. Urg‘u shunga qaratildi va maqsadimizga yetdik, deb hisoblayman. 

Turizm rivoji – taraqqiyot omili. Shu sabab yurtimizda turizm sohasini rivojlantirish, sayyohlarni jalb qilish imkoniyatlarini oshirish borasida bu tashabbusning ham ahamiyati nihoyatda katta. Buni xorijlik mehmonlar alohida e’tirof etishmoqda.

[gallery-23547]

– Buxoroga ikkinchi marotaba kelishim, – deydi AQSHlik sayyoh Matyu Abinyun. Bu shahar menga juda yoqadi. Ayniqsa, tarixiy qismi. Qadimiy yodgorliklar bo‘ylab sayohat qilishni juda yoqtiraman. Milliy urf-odatlaringiz ham juda go‘zal. Bu yerda katta festivalga tayyorgarlik ko‘rilayotganiga guvoh bo‘ldim va hozirgina teatrlashtirilgan tomoshalarda ishtirok etdim. Buxorodagi san’at festivali qanday o‘tishi va unda nimalar aks etishi haqida ham eshitdim. Albatta, ushbu san’at bayramiga ham kelib, ishtirok qilishni rejalashtirdim.

– Buxoroga ilk bor kelishim, – dedi germaniyalik sayyoh Yelena Sakpelnekova. – Menga juda ham yoqdi. Taomlari, odamlarining iliq munosabati, tarixiy obidalardagi o‘ziga xoslik. Xullas, hamma-hammasini yoqtirib qoldim. Men bunday yashil shaharga tushib qolishimni tasavvur qilmagan edim. Yana e’tiborimni tortgan jihati, shaharning o‘ziga xos madaniyati. Atrofda kishini o‘ziga chorlaydigan kuylar taralib turibdi. Meni musiqa kechasiga taklif qilishdi. Buxoro tarixini o‘zida aks ettirgan sahnalashtirilgan namoyishda qatnashdim. Agar yana menda imkoniyat bo‘lganda, albatta Buxoroga kelgan bo‘lardim. Menga sentyabrda katta san’at festivali bo‘lishi haqida aytishdi. Bu tadbirda ham bevosita ishtirok etishni niyat qildim. 

Prezidentimizning 2023 yil 26 apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida mamlakatimizda turizm infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar ko‘lami ham nihoyatda keng. 

– Biz bugun bir guruh do‘stlarimiz bilan Italiyadan O‘zbekistonga keldik, – deydi Jasti Piyera. – Sayohatimiz juda maroqli o‘tyapti. Har bir manzilda o‘ziga xos manzara, muhit bor. Obidalar bir-birini takrorlamaydi. Ammo, barcha joyda odamlar bir xilda samimiy. Do‘stlarim Buxoroga kelish haqida taklif qilishganda, bu shahar haqida biroz ma’lumot to‘plagan edim. Shaharni o‘z ko‘zing bilan ko‘rish boshqacha ekan. Arkda bizga qadimda yashagan ajdodlar, ular qoldirgan boy meros haqida ma’lumot berishdi. Merosni yo‘l-yo‘lakay Labi Hovuzgacha bo‘lgan masofada ko‘rib hayratlandik. Hozirgina ajoyib asar tomoshasidan chiqdik. O‘sha davr muhiti juda ajoyib talqin qilingan. 

– Bu shahar juda go‘zal ekan, – deydi italiyalik sayyoh Luise Baldona. –Italiyada ham tarixiy manzillar juda ko‘p. Ammo, biz Buxoroda sharqona uslubdagi tarixni ko‘rdik. Vaqtimiz qisqalik qildi. Ko‘p joylarni tomosha qilish rejamizda bor edi. Ammo, badiiy dastur hammasidan yoqib tushdi. Biz do‘stlarimiz bilan hali yana kelmoqchimiz. Negaki bunday iliq taassurotlar yana seni o‘sha manzilga tomon boshlayveradi. Eng muhimi, ijodkorlar uchun ilhom manbai. Xuddi shunday iliq fikrlar bilan O‘zbekistonga yana kelishimizga ishonaman.

Hozirda Buxoroning eski shahar qismida katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirilyapti. Servis va xizmatlar sohasi rivojiga alohida e’tibor qaratilgan. Bir so‘z bilan aytganda 75 kunlik san’at bayrami yurtimizda turizm sohasi uchun katta sahifani ochishi aniq.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro katta san’at bayramiga hozirlik ko‘rmoqda