Vatanimiz tarixidagi 24 may sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1392 yil (bundan 633 yil oldin) – Amir Temur o‘zining “besh yillik yurish”ini boshladi. Bu voqea tarixchi olim Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asarida quyidagicha qayd etiladi: “Amir Sohibqiron baxtli tole’ bilan To‘qtamishxon muhorabasidan qaytib kelgach, uning keskin ra’yi ilgari tasxir qilgani Eron mamlakatlaridan yana bir o‘tishni va mamlakat yuzini muxoliflardan tozalashni taqozo etdi. Shunga binoan turklarning maymun yiliga to‘g‘ri keladigan yetti yuz to‘qson to‘rtinchi yil rajab oyining boshida (1392 yil 24 may) jum’a kuni safarni ixtiyor qilib, humoyun bayroqlar harakatga keldi...”

1411 yil (bundan 614 yil oldin) – tarixchi olim Turg‘un Fayziyevning qayd etishicha, temuriylar hukmdori Shoxruh Mirzo Bodxez mavzesida dam olayotgan chog‘da, o‘n uch yoshli nabira jiyani Umarshayx Mirzo xoqonning huzuriga najot istab keldi. Shohruh Mirzo shahzodaga shafqat va muruvvat ko‘rsatib, o‘z saroyida olib qoldi. Shahzoda umrining oxirigacha Hirotda – Shohruh Mirzo mulozamatida hayot kechirdi. 

1719 yil (bundan 306 yil oldin) – Buxoro xonligida shakllangan odatga muvofiq rajab oyining juma kuni poytaxtning jome’ masjidida xaloyiq yig‘ilib, namoz o‘qildi hamda to‘la xatmi Qur’on qilindi. Xalq bayramiga aylangan va odamlar bir-birlarini tabriklab, bir-birlarinikiga mehmondorchilikka boradigan bu kunni tarixchi va munajjim Abdurahmon Tole o‘zining “Tarixi Abulfayzxon” asarida quyidagicha qayd etadi: 

“Bir ming bir yuz o‘ttiz birinchi yili ulug‘ rajab oyining to‘rtinchisida juma (milodiy 1719 yil 24 may) kuni go‘zal Buxoroda shon-shavkatli podshohlarning shunday udumi bor edi: rajab oyining juma kunida zodagon va oddiy xalq, podshoh va qul, [ya’ni] poytaxtning jome’ masjidida xaloyiq yig‘ilib juma namozini ado etardilar. Bu kunni xalq bayram deb biladi, hamma bir-birini bayram bilan tabriklaydi. Shavkatli podshoh ulug‘ amirlar, to‘la hashamatda jome’ masjidga keladi. Bu odat Abdulazizxonning Arabistondagi ikkala muqaddas shahar [Makka va Madina]ga hajga borib kelganining dastlabki yillarida paydo bo‘lgandi...”

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, Buxoroning nufuzli xonadoni – Jo‘ybor xo‘jalariga mansub Adburahim Xoja Jo‘yboriyning nevarasi bo‘lgan Abdulazizxonning vafoti ham otasi va amakisi singari haj safari bilan bo‘g‘liq bo‘lib, 1681 yil ukasi Subhonqulixon foydasiga taxtdan voz kechgandan so‘ng, Makka va Madina shaharlariga yo‘l oladi. Uch mingdan ortiq hoji yig‘ilgandan so‘ng, Arabistonga Eron orqali borishga qaror qiladi. Abdulazizxon Eron hukmdorlari tomonidan yaxshi kutib olinadi. Xususan, Shoh Sulaymon uni ehtirom bilan kutib olib, Isfahondagi Chihlstun saroyida mehmon qiladi. Shundan so‘ng Abdulazizxon Hamadon va Bag‘dod atrofidan o‘tib, Iroq cho‘liga yetadi. Bu yerda qaroqchilar bilan to‘qnashib, ularni mag‘lubiyatga uchratadi va sog‘-salomat Arabistonga yetib boradi. Haj ibodatini ado etib, 1682 yil Madinada 70 yoshida vafot etgan va amaki bobosi (otasi Nadr Muhammadning akasi) Imomqulixon maqbarasi yonida, Baqiya qabristoniga dafn etilgan. Subhonqulixon akasining o‘limidan qayg‘urib, unga bag‘ishlab “azman grift” (mendan oldi) va “doshtim” (to‘lqinlandim, larzaga keldim) radifli marsiyalarini yozgan.

1862 yil (bundan 163 yil oldin) – Toshkentdan Xudoyorxon, O‘ratepadan amir Muzaffar qo‘shinlari yo‘lga chiqib, Xo‘jandni egalladi. Bu voqea hijriy 1278 yil zulqa’da oyining yigirma beshinchi kuni (milodiy 1862 yil 24 may)da ro‘y berdi. Xo‘jand zabt etilgach, tezda ittifoqchilar qo‘shinlari Qo‘qonni ham egalladilir. Shu tariqa amir Muzaffarning yordami bilan Xudoyorxon ikkinchi marta Qo‘qon taxtiga o‘tirdi. Lekin uning bu galgi hukmronligi (1862–1863) uzoqqa cho‘zilmadi.

1890 yil (bundan 135 yil oldin) – musiqiy folklorshunos, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Yelena Romanovskaya tavallud topdi (vafoti 1947 yil). U 27 yoshidan boshlab umrining oxirigacha O‘zbekistonda yashagan. Yelena Romanovskaya o‘zbek ayollar qo‘shiqlari, Xorazm maqomlari, dutor kuylarini notaga yozib olib, nashr ettirgan. Bular orasida 2 jildli “O‘zbek xalq qo‘shiqlari” to‘plamining ahamiyati katta.

1992 yil (bundan 33 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan ko‘p yillik halol mehnati, o‘zbek adabiyotini rivojlantirishdagi xizmatlari va faol jamoat faoliyati uchun Oydin Hojiyeva va Halima Xudoyberdiyeva “O‘zbekiston xalq shoiri”, Ne’mat Aminov “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” faxriy unvonlari bilan mukofotlandi.

1994 yil (bundan 31 yil oldin) – Toshkentda Qozog‘iston elchixonasi ochildi.

2016 yil (bundan 9 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tizimi uchun xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlar xarid qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

2017 yil (bundan 8 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2017 yil (bundan 8 yil oldin) – o‘zbek adabiyoti rivojiga nodir iste’dodi, badiiy teran, falsafiy she’rlari, dramatik va publitsistik asarlari, doston va tarjimalari orqali ulkan hissa qo‘shgan O‘zbekiston Kahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov nomini abadiylashtirish, shoir izdoshlarini kashf etish va ularning iste’dodlarini keng namoyon qilishlariga shart-sharoit yaratish maqsadida Qarshi shahrida Abdulla Oripov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati tashkil etildi.

2018 yil (bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

2023 yil (bundan 2 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonun fuqarolarning, eng avvalo, yigirma bir yoshga to‘lmagan shaxslarning sog‘lig‘ini alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishning zararli ta’siridan, bu bilan bog‘liq ijtimoiy va boshqa salbiy oqibatlardan himoya qilishga, shuningdek jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda qaror toptirish uchun tashkiliy va huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan.

2024 yil (bundan 1 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. 

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Akasining vafoti sabab qattiq qayg‘urib, unga atab marsiyalar bitgan Buxoro xonini bilasizmi?