Ijtimoiy tarmoqlarda “Harbiylarimiz metallolomga snaryad sotishibdi, keyin u portlabdi” sarlavhasi ostida xabarlar tarqalmoqda.

Mudofaa vazirligi shuni ma’lum qiladiki, ushbu snaryad vazirlik tasarrufida bo‘lmagan hududda mahalliy cho‘ponlar tomonidan o‘zboshimchalik bilan qazib olingan hamda metallolomga topshirilgan. 

Shuni alohida takidlash kerakki, bunday holatlarda fuqarolar xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga zudlik bilan xabar qilishi shart. 

Ushbu voqeaga harbiy xizmatchilarning hech qanday aloqasi yo‘q va jinoiy javobgarlikka tortilmaganini ma’lum qilamiz. Mazkur turdagi snaryad O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida mavjud emas. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu turdagi snaryad 1970 yillarda qo‘llanilgan. 

Ayni vaqtda holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Respublikamizdagi barcha elektron nashrlar va blogerlardan ma’lumotlarni noto‘g‘ri talqin qilmasliklarini so‘raymiz. 

Eslatib o‘tamiz, asoslanmagan yolg‘on xabar tarqatganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida javobgarlik mavjud. 

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mudofaa vazirligi rasmiy munosabati