Xalqaro talablarga muvofiq, odam savdosi og‘ir jinoyat va inson huquqlarini qo‘pol ravishda buzilishi deb tasniflanadi. Mamlakatlar buning uchun jazoni mustaqil ravishda belgilaydilar.

O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, jamoatchilik ongida odam savdosi turli ko‘rinishlarga ega bo‘lib, shaxsning qadr-qimmatiga bevosita daxl qiladigan, haqiqatan ham insonni savdodagi oddiy tovar darajasida tahqirlaydigan, shaxsga qarshi shafqatsizlik bilan qilingan jinoyat ekanligini anglash ustuvorlik qiladi.

Odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarning eng ko‘p tarqalgan turlari – odamlarni bevosita sotish va sotib olish, qullik, erksizlik va qaramlik, erkaklar va ayollarning mehnat ekspluatatsiyasi, odamlarni ularning a’zolaridan foydalanish maqsadida sotish, bolalarni sotish va sotib olish hisoblanadi.

Odam savdosidan jabrlanganlar sonini odam savdosi muammosidan va mehnat migratsiyasiga otlanayotgan fuqarolar duchor bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlardan aholini ogoh qilish yo‘li bilan sezilarli darajada kamaytirish mumkin. Bugungi lavhamiz ana shu haqida.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/-NbzNTovJI4" title="Odam savdosiga qarshi kurash va jabrlanganlar himoyasi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, I.Ismatov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Odam savdosiga qarshi kurash va jabrlanganlar himoyasi (+video)