Dunyo tamaddunining o‘ziga xos mezonlari mavjud. Bular: qadriyatlar, ma’naviy tamoyillar hamda moddiy-ilmiy merosni o‘z ichiga oladi. Ajdodlarning boy va bebaho tarixiy merosi millatning bardavomligi timsoli sanaladi.
"O‘zmilliybank"AJ jamoasi esa xalqimizning ana shunday o‘lmas an’analari hamda urf-odatlarini uzviy davom ettirishda o‘zini daxldor deb biladi. Shu bois bu galgi an’anaviy juma kunini ham milliy liboslarni kiyib, ko‘tarinki kayfiyatda boshlashdi.



Eng asosiysi, bu jarayon bank xodimlarining ish unumdorligi hamda samaradorligi omiliga aylanmoqda.
Biz esa hamkasblarimizga milliy qadriyatlarni tarannum etishda doimo omad tilaymiz.
“O‘zmilliybank” AJ
Matbuot xizmati