Buxoro davlat universitetida 17-23 may kunlari “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining voleybol bo‘yicha Respublika final bosqichi o‘tkazildi. Musobaqada Respublikaning 14 ta hududidan jami 368 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Taqdirlash marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Alisher Islomov, Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari Hafiza Artikova, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda yoshlar ishtirok etdi.
[gallery-23528]
Sportning voleybol turi bo‘yicha yigit va qizlar o‘rtasida bahslar yakuniy natijalarga ko‘ra, qizlar o‘rtasida 1-o‘rin Namangan viloyatining NamDU jamoasiga, 2-o‘rin Buxoro viloyatining BuxDU va 3-o‘rin Xorazm viloyatining UrDU jamoasiga nasib qildi. Yigitlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada 1-o‘rin buxoroliklarga nasib etgan bo‘lsa, 2-o‘ringa Qashqadaryo va 3-o‘ringa Samarqand viloyati jamoasi loyiq deb topildi.
“Talabalar ligasi” doirasida tashkil etilgan voleybol musobaqalari yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash hamda jamoaviylik ruhini kuchaytirishda muhim ahamiyatga egadir.
Voleybol sport turi nafaqat talabalar orasida jismoniy faollikni oshiradi, balki ularni bir jamoa sifatida harakat qilishga, do‘stona muhitda muloqot qilishga undaydi. Shuningdek, voleybol kabi sport yo‘nalishlariga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor yildan-yilga ortib bormoqda, bu esa talabalarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/lLf9LOGKJfE?si=vRQHdGJp4UIymNmn" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.