Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida davom etayotgan “Sharjah Masters-2025” xalqaro turnirining ortda qolgan 6-tur o‘yinlaridan keyin hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 4,5 ochko bilan 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Kecha o‘tkazilgan 6-tur bahsida Nodirbek Abdusattorov oq donalarda hindistonlik Iniyan bilan kuch sinashdi. Qiziqarli kechgan uchrashuvning 45-yurish holatida hind shaxmatchisi mag‘lubiyatini tan oldi. Turnirning birinchi raqamli shaxmatchisi sifatida tasniflangan Abdusattorov ochkolari sonini 4,5 taga yetkazib oldi.

N.Abdusattorov muvaffaqiyatga erishgan mazkur turda Ortiq Nig‘matov qora donalarda FIDE bayrog‘i ostida turnirda qatnashayotgan rossiyalik David Paravyanga, Muhiddin Madaminov qora donalarda hind shaxmatchisi Gxosh Aronyakka yutqazib qo‘ygan vaziyatda Jahongir Vohidov qora donalarda hindistonlik Abxijit Gupta bilan durangga erishdi.

Bugun, 23 may kuni xalqaro turnirning 7-turida Nodirbek Abdusattorov qora donalarda azaliy raqiblaridan biri niderlandiyalik Anish Giriga qarshi harakatlanadi.

Giri-Abdusattorov o‘rtasidagi oldingi o‘yinlar tafsiloti haqida shuni aytish kerakki, bundan to‘rt yil muqaddam Nodirbek 16 yosh paytida Sochida o‘tgan jahon kubogida Girini mag‘lubiyatga uchratgan edi. 2022 yil Hindistonda mamlakatimiz shaxmatchilari g‘oliblikni tantana qilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 11-turida O‘zbekiston-Niderlandiya (2,5:1,5) uchrashuvi doirasidagi o‘yinda durang qayd etilgan. Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida kechgan “Tata Steel Chess-2024” turnirida Nodirbekning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, shu yilning yanvar-fevral oylarida kechgan “Tata Steel Chess-2025” musobaqasida har ikki shaxmatchi 0,5 ochkodan bo‘lishib olgan.

Bugun o‘tadigan bahs har ikki shaxmatchi uchun har jihatdan mas’uliyatli. 7-turda terma jamoamiz a’zolari Jahongir Vohidov-Muhiddin Madaminov o‘zaro hisob-kitob qiladi. Ortiq Nig‘matov ushbu turda oq donalarda rossiyalik Aleksey Grebnev bilan bahs olib boradi.

Mazkur tur o‘yinlari ostonasida niderlandiyalik Anish Giri hamda serbiyalik Aleksandar Injich 5 ochkoga ega bo‘lgan holda peshqadamlik qilmoqda. Abdusattorov 4,5 ochko bilan 3-o‘rinda borayotgan vaziyatda 14 nafar ishtirokchi 4 ochko bilan yetakchilar safiga qo‘shilishga intilmoqda.

Terma jamoamiz a’zolaridan Ortiq Nig‘matov 3 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga 34-qatorni band etgan. Jahongir Vohidov va Muhiddin Madaminov 1.5 ochko jamg‘argan holda 77-78-o‘rinlarda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, mukofot jamg‘armasi 73 ming AQSH dollaridan iborat turnirning so‘nggi 9-tur o‘yinlari 25 may kuni bo‘lib o‘tadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo shaxmat ishqibozlari Sharjada Giri – Abdusattorov bahsiga guvoh bo‘ladi