“Yangi O‘zbekiston” universitetida “Bir kun sport bilan” shiori ostida voleybol, stritbol, mass-restling, stol tennisi, shaxmat bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalari o‘tkazildi.
Universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan mazkur musobaqaning voleybol bahslarida Moliyaviy va ma’muriy ishlar texnik jamoasi g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, O‘quv ishlari jamoasi va Moliyaviy va ma’muriy ishlar yo‘nalishi jamoasi kuchli uchlikdan joy oldi. Stritbol bellashuvlarida O‘quv ishlari jamoasiga teng keladigani topilmadi.


Mass-restling bo‘yicha o‘tgan musobaqada Temirbo‘lat Dalmatov, stol tennisida Javohir Xursandov, shaxmat uchrashuvlarida Alisher Sanetullayev “Rektor kubogi” g‘olibiga aylandi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA