Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Ukraina prezidenti matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, tomonlar “ayni paytdagi vaziyat, shuningdek, birgalikda Rossiyaga qarshi bosimni kuchaytirish” masalalarini muhokama qilishgan.

Muloqot davomida Zelenskiy RF tomoni bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga tayyorligini ma’lum qilgan. U suhbatdoshiga bunday uchrashuv uchun ko‘rib chiqilayotgan format va platformalar haqida so‘zlab bergan.

Tomonlar shuningdek, Rossiyaga samarali ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan sanksiyalarni ham muhokama qilishdi. Ular Yevropa Ittifoqining 17-sanksiya paketi ma’qullangani va Buyuk Britaniya tomonidan ham sanksiyalar bo‘yicha qarorlar qabul qilinayotganini qayd etishdi. 

– NATO bilan o‘zaro hamkorlik va navbatdagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi. Ukraina rahbari va Alyans bosh kotibi aloqalarni davom ettirishga kelishib oldi, - deyiladi xabarda.

Dinora Ashurova, 

O‘zJOKU talabasi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zelenskiy va Mark Rutte telefon orqali muloqot qildi