IMAN kompaniyasi islom moliyasi tamoyillari asosida ishlaydigan iqtisodiy yechimlar ekotizimi – “IMANUM app” ilovasini ishga tushirdi.

Texnologiya va axloq uyg‘unligida muqobil iqtisodiy yechimlar yaratuvchi ushbu investitsion-moliyaviy kompaniyaning maqsadi barqaror va shaffof moliyaviy tizimni shakllantirish hisoblanadi. Bu tizimda har bir inson o‘z kapitalini ongli boshqarishi, qarz yukini kamaytirishi va adolat tamoyillariga asoslangan qarorlar qabul qilishi mumkin.

IMAN kompaniyasining asosiy faoliyati xavf-xatarlarni kamaytiradigan hamyonbop moliyaviy vositalarni ishlab chiqish, mas’uliyatli iste’mol va uzoq muddatli moliyaviy rejalashtirishni qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish, qulay raqamli mahsulotlar hamda o‘quv kontenti orqali investitsiyalardan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga qaratilgan.  

Kompaniya tashkil etilganiga besh yil bo‘ldi. Ushbu sana munosabati bilan poytaxtimizda taqdimot tadbiri o‘tkazildi. Unda kompaniyaning o‘tgan davrdagi faoliyati, erishgan natijalari va kelgusidagi rejalari haqida so‘z bordi. Kompaniyaning yangi brend-falsafasi, moliya dunyosidagi zamonaviy muammolarni hal etishga qaratilgan qarashlari taqdim etildi. Shuningdek, IMANUM ilovasi haqida batafsil ma’lumot berildi. Ilovaning asosiy maqsadi insonlarning o‘z pullariga bo‘lgan munosabatini qayta shakllantirish – ularni pullarni to‘plashga, ularni isrof qilmaslikka, investitsiya qilish orqali ko‘paytirishga o‘rgatishdir.

Mamlakatimizda IMAN loyihasi mahalliy va xorijiy tashkilotlar bilan faol hamkorlik qilmoqda. Jumladan, “Murad Buildings”, BI Group kabi mashhur qurilish kompaniyalari bilan tijoriy ko‘chmas mulkka investitsiya kiritish imkoniyatini yo‘lga qo‘ydi. Banklar uchun IT tizim yaratildi. Bu yo‘nalishda kompaniya “O‘zsanoatqurilishbank” bilan shartnoma imzolagan.  

– Bu kun biz uchun juda muhim, negaki kompaniya faoliyat boshlaganiga 5 yil bo‘ldi, – dedi IMAN asoschisi Rustam Rahmatov. – Jamoamiz bilan ushbu kunni uzoq kutdik. IMAN – bu moliya dunyosidagi nur. Ya’ni an’anaviy moliya dunyosiga halol, axloqiy va islom moliyasiga muvofiq yechimlarni olib kiradigan nur. Taqdim etilgan IMANUM ilovasi keng auditoriyaga, jumladan yosh mutaxassislar, oilalar, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar, frilanserlar, umuman olganda ongli iste’molga yo‘naltirilgan shaffof moliyaviy vositalarni izlayotganlar uchun mo‘ljallangan. Qayd etish kerak, mutaxassislar ushbu ilova “Hozir jamg‘ar – keyin sotib ol” tamoyili asosida qurilgan yangi avlod ekotizimi ekanini ta’kidlamoqda. Ilova foydalanuvchilarga qarz olmasdan ongli ravishda reja tuzish, jamg‘arish va investitsiya qilishga yordam beradi.  

Taqdimot davomida IMAN 2024-2025 yilgi Jahon Islomiy Fintex hisobotiga ko‘ra, 30 ta yetakchi islomiy fintex kompaniyalari ro‘yxatiga kiritilgani ta’kidlandi.  

–IMAN – shaffoflik va barqaror rivojlanish tamoyillariga asoslangan muqobil moliyaviy yechimlarni yaratuvchi kompaniya, – deydi “Murad Buildings” asoschisi Murod Nazarov. – Oxirgi paytlarda O‘zbekiston bozorida IMAN kabi platformalar moliyaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda turli imkoniyatlar taqdim etmoqda. Natijada mahsulotlar ko‘paymoqda. Mazkur kompaniya bir necha yillik tajribasi bilan o‘zining investorlari, ulushdorlariga nisbatan ishonch qozondi. Taqdimot qilingan yangi xizmatlar ham juda dolzarb ekanini ko‘rdik. Kompaniya so‘nggi 5 yil davomida katta mahsulot yaratish ustida izchil ish olib borgani e’tirofga sazovor. Men kompaniya ulushdori sifatida boshqaruv jamoasini doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlab turaman.

Tadbir doirasida mehmonlar uchun alohida suratga tushish maydonchalari, suhbat va muhokamalar uchun maxsus joylar tashkil etildi. Fursatdan foydalanib, IMAN loyihasi hammuassisi Madiyar Sultonovdan intervyu oldik.

– Biz hamkorlarimiz bilan birgalikda yaratgan yechimlarimizni taqdim etyapmiz, – dedi Madiyar Sultonov. –Bu hamkorlarimiz va investorlar uchun yirik, innovatsion va ishonchli loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish imkoniyati hamdir. Bu loyihalar nafaqat investitsiya sifatida, balki jamiyatning umumiy rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Yo‘lga qo‘yilgan “IMANUM” ilovasi haqida gapirsam, biz tanish moliyaviy xizmatlarni yangidan talqin qilyapmiz. Bu shunchaki ekotizim emas, moliyaviy xabardorlik, erkinlik va adolat sari tashlangan qadamdir. “IMANUM” ilovasi asosan mablag‘ to‘plash va undan keyingi sarflash konsepsiyasiga asoslangan. Hozirgi zamonda hamma faqat xarid qilishni o‘ylaydi. Biz esa, aksincha, jamg‘arish, investitsiya qilish va mablag‘ni ko‘paytirishga chaqiramiz. Ilova ongli iste’mol konsepsiyasiga tayanadi. Biz aynan shuni O‘zbekiston xalqiga vosita sifatida taqdim etmoqchimiz.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/8kFd2JZPIGw" title="IMAN – pulni jamg‘arish, investitsiya qilish va ko‘paytirish uchun imkoniyat" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Behruz Xudoyberdiyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
IMAN – pulni jamg‘arish, investitsiya qilish va ko‘paytirish uchun imkoniyat (+video)