#xalqarodayjest

Kanadada o‘tkazilayotgan G7 moliya vazirlari va markaziy bank rahbarlari uchrashuvi yakunlari bo‘yicha bayonotda Ukrainaga «keyingi qo‘llab-quvvatlash» masalasini kiritish taklifi AQSH tomonidan rad etildi. Vashington, shuningdek, Rossiyaning Ukrainaga bosqinini «noqonuniy» deb atashga ham qarshi chiqdi.

Tolibon vakili Rossiya amaldorlariga qamoqxona qurilishi yuzasidan maslahat berdi. U “mahbuslarga insoniy sharoit yaratish” muhimligini ta’kidladi. Bu bayonot Rossiya ichki siyosatiga noan’anaviy aralashuv sifatida baholanmoqda.Tolibonning bunday chiqishi xalqaro maydonda bahsli munosabat uyg‘otdi.

EI Ozodlik Radiosiga 55 million yevro ajratishini ma’lum qildi.

Mablag‘ media erkinligini rivojlantirish va dezinformatsiyaga qarshi kurash uchun ajratilgan. Yordam mustaqil jurnalistikani saqlab qolishga xizmat qilishi aytilmoqda.

Italiyada mashhur "Ndrangeta" nomli mafiya guruhiga qarshi yirik reyd o‘tkazildi. Politsiya Rim, Milan, Turin kabi shaharlarda 97 kishini hibsga oldi. Ular giyohvand moddalar savdosi, odam o‘g‘irlash va pul yuvishda gumon qilinmoqda. Ma’lumot uchun, ushbu guruh Yevropadagi eng kuchli mafiya bo‘lib, Janubiy Amerikadan kokain olib kelishni nazorat qiladi.

Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Ukrainadagi urushda Markaziy Osiyodan 20 ming kishi qatnashayotganini ma’lum qildi. 

Ukrainada urush boshlanganidan keyin Rossiyada muntazam ravishda fuqarolik olgan erkaklarni qidirish bo‘yicha reydlar o‘tkazilmoqda. Ularga chaqiruv qog‘ozlari topshirilib, harbiy komissariatlarga majburan olib ketiladi. Ba’zida erkaklarni Rossiya fuqaroligidan mahrum qilish va o‘z mamlakatiga chiqarib yuborish bilan tahdid qilib, Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolashga majbur qilishadi.

2024-yil Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi xavfsizlik kuchlari Rossiya fuqaroligini olgan, ammo harbiy ro‘yxatga olinmagan 30 mingdan ortiq muhojirni “tutib olganini” aytgan edi. Ularning 10 mingga yaqini front orti bo‘linmalariga — “okoplar qazish va istehkomlar qurish” — uchun yuborilgan.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/vXOlti9FgDE" title="xalqaro dayjest" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Iroda Jo‘rayeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Rossiyaning Ukrainaga bosqinini "noqonuniy" deb atashga qarshi chiqdi