Bugun, 21 may kuni Shvetsiyaning Malmyo shahrida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilayotgan “TePe Sigeman & Co Chess Tournament-2025” turnirining 2-turida hamyurtimiz Javohir Sindorov AQSH terma jamoasi tarkibida 2016 yili Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘olibligiga erishgan Rey Robson bilan kuch sinashadi.

Mazkur nufuzli turnirning kecha o‘tgan 1-turida Sindorov ayollar o‘rtasida 16-jahon chempioni xitoylik Tan Chjun’i bilan bahs olib bordi. 

Qora donalarda harakatlangan hamyurtimiz uchrashuvning 60-yurish holatida “TePe Sigeman & Co Chess Tournament-2025” turnirida ishtirok etayotgan yagona ayol shaxmatchini mag‘lubiyatga uchratdi. 

2-tur o‘yinlari ostonasida Javohir Sindorov 1 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, peshqadamlik qilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 7 ta turdan iborat bo‘lgan ushbu turnir 26 mayga qadar davom etadi. 

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Javohir Sindorov 2016 yilgi Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘olibi bilan kuch sinashadi