Bugun, 21 may kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida shaxmat bo‘yicha davom etayotgan “Sharjah Masters-2025” xalqaro turnirining 5-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Nufuzli musobaqaning “A” guruhida birinchi raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ushbu turda qora donalarda vengriyalik Adam Kozakka qarshi dona suradi.  

Shuningdek, shaxmatchilarimizdan Ortiq Negmatov oq donalarda hindistonlik Kartik Venkataraman bilan, Muhiddin Madaminov oq donalarda qozog‘istonlik Rinat Djumabayev bilan, Jahongir Vohidov ham oq donalarda eronlik Sina Movaxed bilan kuch sinashadi.  

Kecha o‘tkazilgan “Sharjah Masters-2025” turnirining 4-tur bahsida ishqibozlar Nodirbek Abdusattorov – Ortiq Nigmatov “dueli”ga guvoh bo‘ldi.  

Qiziqarli kechgan bahsda tajriba o‘z so‘zini aytdi. 26-yurish holatida ustunlikka erishgan Abdusattorov o‘z hisobiga 1 ochkoni yozib qo‘ydi.  

Mazkur turda hamyurtlarimizdan Muhiddin Madaminov oq donalarda harakatlangan Birlashgan Arab Amirliklari vakili Salix Salimga, Jahongir Vohidov xitoylik Tao Pangga imkoniyatni boy berdi.  

Mukofot jamg‘armasi 73 ming AQSH dollaridan iborat xalqaro turnirning 5-tur o‘yinlari ostonasida “A” guruhida serbiyalik Aleksandr Indjich va niderlandiyalik Anish Giri 3,5 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Ularni taqib etayotgan 10 nafar ishtirokchi hisobida 3 ochko mavjud.  

Terma jamoamiz a’zolaridan Nodirbek Abdusattorov 3 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga 10, Ortiq Negmatov 2,5 ochko bilan 20, Muhiddin Madaminov 1,5 ochko bilan 57, Jahongir Vohidov 1 ochko bilan 70-qatorda joylashgan.  

Eslatib o‘tamiz, “A” guruhida g‘oliblikka erishgan shaxmatchi 15 ming AQSH dollari bilan taqdirlanadi. Turnirda 15-qatorgacha bo‘lgan o‘rinlardan joy olgan shaxmatchilar mukofot jamg‘armasida belgilangan tegishli miqdordagi mablag‘ga ega chiqadi.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: “Sharjah Masters-2025” g‘olibi 15 ming AQSH dollari bilan taqdirlanadi