Poytaxtimizdagi “Saxovat sport servis” sport majmuasida Xalqaro tennis federatsiyasining rasmiy taqvimiga kiritilgan, M15 toifasiga mansub xalqaro turnir bo‘lib o‘tmoqda.

Bellashuvlarning birinchi kuni juftlik bahslarida yurtdoshlarimiz Amir Milushev va Ilya Ignatov dueti Kanada vakillari Adam Farag hamda Aleksandr Balanni 6:1, 6:1 hisobida mag‘lub etdi. A.Milushev va I.Ignatov chorak finalda qozog‘istonlik Grigoriy Lomakin va ukrainalik Vladislav Orlov bilan kuch sinashadi.  

Yosh tennischimiz Maksim Shin italiyalik sherigi Lorenzo Lorusso bilan birgalikda musobaqani g‘alaba bilan boshladi. Ular chorak finalda neytral maqomdagi tennischilar — Dmitriy Doljenkov va Valentin Kopeykin juftligiga qarshi o‘ynaydi.  

Ma’lumot uchun, yakkalik bahslarida ham hamyurtlarimiz: Amir Milushev hindistonlik Karan Singh, Damir Abdusamadov shveysariyalik Matteo Lavizzari, Maksim Shin neytral tennischi Aleksey Aleshchev, Suhrob Saidov hindistonlik Atrava Sharma, Abdulaziz Usmonjonov esa amerikalik Maksim Groysmanga qarshi kortga tushadi.  

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda tennis bo‘yicha nufuzli xalqaro turnir davom etmoqda