Vatanimiz tarixidagi 21 may sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1114 yil (bundan 911 yil oldin) – Ibn Qutlubug‘oning ma’lumot berishicha, hijriy 508 yil zulhijja oyining yigirma beshinchi kunida Motrudiya kalom maktabining atoqli namoyandalaridan biri, buyuk olimlar oilasiga mansub yirik faqih, ulug‘ imom, “Haq qilichi” deb ta’riflangan Abul Muin Nasafiy vafot etdi. Olim o‘n beshga yaqin asar yozgan bo‘lib, ularning aksariyati kalom ilmining turli masalalariga bag‘ishlangan. “Fiqh usulidagi ustun”, “Kalom ilmi dengizi”, “Ustoz va shogird”, “Furu’ ilmida olimlar yo‘li” kabi asarlar shular jumlasidan. 

Abul Muin Nasafiy o‘z asarlarida turli buzg‘unchi, adashgan oqimlarga keskin, qattiq raddiyalar berib Turon diyorida ularning ildiziga zarba bergan. Arablarda “Haqiqat qilichdek o‘tkir bo‘ladi”, degan mashhur maqol bor. Shu sababdan ham, o‘sha davr ulamolari Abul Muin Nasafiyning o‘z asarlarida botil g‘oyalarni fosh qilib haqiqatni bayon qilgani uchun unga arab tilida “Sayful haqq”, ya’ni “Haqiqat qilichi” degan sharafli nom berganlar. 

1441 yil (bundan 584 yil oldin) – tarixchi Fasih Axmad Xavofiyning qayd etishicha, Hirot shahridagi Bozori Iroqda Nizomiya madrasasining sharqiy tomonida joylashgan Falakiddin minorasi qulab tushdi. Ustiga minora tushgan Nizomiya madrasasining bir qismi buzildi. Havo juda ham issiq bo‘lgani va madrasada odamlar dam olayotganlari tufayli minora qulab tushganida ular xarobalar ostida qoldilar.

1874 yil (bundan 151 yil oldin) – Turkiston general-gubernatorligi tarkibidagi Amudaryo bo‘limini boshqarish bo‘yicha nizom ishlab chiqildi. Unga asosan bo‘limni maxsus boshliq boshqarar edi. U harbiy vazir, ichki ishlar vaziri va Turkiston general-gubernatori bilan oldindan kelishilgan taqdimnomaga ko‘ra, Rossiya imperatori tomonidan lavozimga tayinlanar va bo‘shatilar edi. Amudaryo bo‘limi boshlig‘i qo‘liga ma’muriy, politsiya, sudlov va harbiy hokimiyat berilgandi. Shu bilan bir qatorda u diplomatik vazifalarni ham bajarib, Rossiyaning Xiva xonligidagi diplomatik vakili hisoblanardi.

1919 yil (bundan 106 yil oldin) – “Ishtirokiyun” gazetasida Hamzaning “Kim yig‘lar?” degan 14 misralik g‘azali e’lon qilindi. Bu she’r mazmuniga ko‘ra, Cho‘lponning bir-ikki yil keyin yaratilgan “Go‘zal Farg‘ona, senga ne bo‘ldi?” deb boshlanadigan mashhur she’rini eslatadi, chunki har ikki she’rda ham Farg‘ona boshiga tushgan sho‘rishlar (Turkiston Muxtoriyatining fojiali taqdiri)dan alam chekkan yurakning iztiroblari, unda qaynab-toshgan g‘azabnok tuyg‘ular ifodalangan:

Ey mardumi Farg‘ona, ahvolingga kim yig‘lar?

Badbaxtliqg‘a yuz tutgan iqbolingga kim yig‘lar?

Iffat ila nomusing kimlar qo‘lida barbod?

Qurbon o‘lan ma’sumlar, ahvolingga kim yig‘lar?

Qon yig‘lata aflokni otingni xayoloti,

Darvoqe, shu fursatda a’molingga kim yig‘lar?

1946 yil (bundan 79 yil oldin) – patent-axborot sohasidagi olim, ixtirochi, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Oqil Azimov tavallud topdi. Uning ilmiy ishlari patent-axborot tahlili va ilmiy-texnikaviy ijodkorlik sohalariga doir. Oqil Azimovning ixtirolari bir qator sanoat va suv xo‘jaligi ob’ektlariga tadbiq etilgan.

1996 yil (bundan 29 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Yaman Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini o‘rnatdi.

2009 yil (bundan 16 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2009 yil (bundan 16 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2012 yil (bundan 13 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2019 yil (bundan 6 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

2024 yil (bundan 1 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Haqiqat qilichi” nomiga sazovor bo‘lgan ulug‘ allomani bilasizmi?