Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida “O‘zagroinspeksiya” va uning hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan press-tur davomida o‘rim-yig‘im mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik ishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Press-tur doirasida ishtirokchilar dastlab “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasiga qarashli “Koson don mahsulotlari qabul qilish” MCHJ faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda tumanda g‘alla o‘rimida ishtirok etadigan kombaynlar namoyishi o‘tkazildi. Tuman hokimi va viloyat sektor rahbarlari ishtirokida kombaynlarning texnik holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mexanizator va operatorlarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilib, pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Koson tumanida 2025 yilgi g‘alla hosili uchun 1 ming 328 ta fermer xo‘jaligi tomonidan 18 ming 500 gektar maydonda boshoqli don yetishtirilgan. Mo‘ljal bo‘yicha jami 43 ming 200 tonna hosil olinishi kutilmoqda, shundan 38 ming 849 tonnasi tovar don, 4 ming 351 tonnasi urug‘lik donni tashkil etadi.

Bu hosilni o‘z vaqtida yig‘ib olish uchun 23 ta o‘rim otryadi shakllantirilgan. Ularga 46 ta g‘alla o‘rish kombayni, 219 ta yuk avtomobili, 8 ta ko‘chma yonilg‘i quyish agregati va 17 ta ko‘chma ta’mirlash ustaxonalari biriktirilgan.

Press-tur doirasida “Koson don mahsulotlari qabul qilish” MCHJdagi laboratoriya, elektron tarozilar hamda bug‘doy saqlash omborlari ham ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, “O‘zagroinspeksiya” Qashqadaryo viloyati boshqarmasi rahbari Sultonmurod Donayev ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Anjumanda viloyat miqyosidagi o‘rim-yig‘im ishlariga tayyorgarlik haqida ma’lumot berildi.

Unga ko‘ra, viloyat bo‘yicha 6 ming 850 ta fermer xo‘jaligi 133 ming 600 gektar yerda boshoqli don yetishtirgan. Ushbu maydonlardan jami 334 ming tonna don topshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 304 ming 433 tonnasi tovar don, 29 ming 567 tonnasi urug‘lik donni tashkil etadi.

Bu hosilni jamlash uchun 152 ta o‘rim otryadi shakllantirilgan. Ular tarkibida 302 ta zamonaviy g‘alla o‘rish texnikasi, jumladan, 120 ta “Keys” va “Nyu-Xolland”, 126 ta “Klaas”, 48 ta “Vektor-410” va 8 ta “Jon Deyer” rusumli kombaynlar ishtirok etadi. Donni qabul qilish maskanlariga yetkazib berish uchun 1 ming 738 ta yuk avtomobili, 73 ta ko‘chma yonilg‘i quyish agregati va 119 ta ta’mirlash ustaxonasi jalb qilingan.

To‘plangan hosil viloyatdagi “Dunyo-M” AJ, “Qashqadaryodonmahsulotlari” AJ, “Don xalq rizqi” AJ va “Koson don mahsulotlari qabul qilish” MCHJ kabi 10 ta don qabul qilish korxonasi hamda ularga qarashli 13 ta maskanda qabul qilinadi.

O‘zbekiston Milliy metrologiya institutining Qashqadaryo filiali tomonidan 32 ta elektron avtomobil va temiryo‘l tarozilari ta’mirlanib, qiyoslovdan o‘tkazilgan va sertifikatlar taqdim etilgan.

– 2025 yilgi g‘alla hosilini qabul qilish jarayonida “Hosil qabuli” axborot tizimi orqali bug‘doy qabul qilish amaliyoti joriy etildi, – dedi Sultonmurod Donayev. – Elektron tarozilar bosqichma-bosqich ushbu tizimga ulanmoqda.

Monitoring natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, donni saqlash omborlari ta’mirlanib, oqlanib, dezinfeksiya qilingan. Don to‘kiladigan maydonlar yoritgichlar bilan jihozlangan, brezentlar, o‘t o‘chirish vositalari va namuna olish xonalari tayyorlangan. Sinov va o‘lchov uskunalari bilan ta’minlangan.

[gallery-23462]

Shu bilan birga, elevatorlar, transportyorlar holati ko‘rikdan o‘tkazilgan, laboratoriya xodimlari maxsus kiyim-boshlar bilan ta’minlangan hamda zararkunandalarga qarshi fumigatsiya ishlari amalga oshirilgan.

Mavsum davomida nazorat tadbirlari doirasida don qabul qilish maskanlarida 38 ta ogohlantiruv berilgan va texnik jihatdan soz bo‘lgan uskunalardan foydalanish joriy etilgan.

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryoda o‘rim-yig‘im mavsumiga texnikalar tayyormi?