"Changi" aeroporti Osiyodagi aviatsiya markazlaridan biri hisoblanib, Singapurdagi yagona xalqaro aeroport. 1981 yilda ochilgan aeroport aviatsiya sanoatida etalonga aylanib ulgurgan. 1987 yildan 2007 yilgacha yigirma yil davomida 280 dan ortiq mukofotga sazovor bo‘lgan.

Xalqaro yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish va O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini rivojlantirish tadbirlari doirasida dunyoning yetakchi havo “xab”laridan biri – "Changi" aeroporti (Singapur) vakillari bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida Toshkent va Singapur o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni ochish istiqbollari muhokama qilindi. "Singapur Changi Airport" vakillari ushbu yo‘nalishni yo‘lga qo‘yishga katta qiziqish bildirdi.  

Toshkent aeroportining asosiy tranzit markazi sifatidagi roliga alohida e’tibor qaratildi. "Changi" aeroporti vakillari Toshkentning Yevropa shaharlari bilan keng yo‘nalishlar tarmog‘i O‘zbekiston poytaxtini Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi yo‘lovchilar oqimi uchun strategik muhim nuqtaga aylantirishini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar kelgusidagi hamkorlikka tayyor ekanliklarini tasdiqladi va logistika, marketing qo‘llab-quvvatlash va to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovini yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan tartib-qoidalarni aniqlashtirish bilan bog‘liq masalalarni ishlab chiqish bo‘yicha keyingi qadamlarni belgilab oldi.

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent va Singapur o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin