Davlatimiz rahbarining joriy yil 15 maydagi “2025–2026 yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida 2025 yil yakuniga qadar turizm sohasining asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilab berildi.

Xususan, respublika hududlariga 15,8 million nafar xorijiy turistning safarlari tashkil etiladi, turizm xizmatlari eksporti 4 milliard AQSH dollariga yetkaziladi.

2025 yil 1 iyundan Bahrayn Qirolligi, Kuvayt va O‘mon Sultonligi fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilanadi. 2025 yildan har yili 30 noyabrga qadar kelgusi yil turizmni rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlar ishlab chiqiladi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, xorijiy mamlakatlardan sayyohlar oqimini kengaytirish maqsadida 14 ta Airbus samolyotini sotib olish va yana beshtasini ijaraga olish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.

Bundan tashqari, qo‘shimcha 378 ta turoperator faoliyati yo‘lga qo‘yiladi, 2025 yildan har yili noyabr oyining 3-haftasida Xalqaro turizm haftaligi tashkil etiladi. 2025 yil iyun oyidan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturini amalga oshirish uchun har oy 2-haftasining shanba va yakshanba kunlari “Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni” etib belgilanadi.

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turizm xizmatlari eksporti 4 milliard AQSh dollariga yetkaziladi