Fransiya Amazon tropik o‘rmonida mustahkam himoyalangan qamoqxona qurishni rejalashtirmoqda, deb yozdi CNN.

Fransiya Gvianasiga tashrifi chog‘ida adliya vaziri Jerald Darmanin mazkur muassasada giyohvand modda qirollari va radikal  diniy qarashlar tarafdorlari joylashtirilishini bildirdi.

Surinam bilan chegarada joylashgan Sen-Laurent-dyu-Maroni shahrida quriladigan turmada 500, jumladan 60 nafar eng yuqori xavfsizlik tartibida saqlanadigan mahbuslar uchun joy tayyorlanadi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya Gvianasi Janubiy Amerika kokainini Yevropa bozoriga yo‘naltiradigan asosiy nuqta sanaladi.

Sud binosi ham joylashadigan majmuaga jami 451 million dollar ajratilishi e’lon qilindi.  

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransuzlar “Supermax” uslubida qamoqxona qurmoqchi