11 haftalik qamaldan so‘ng gumanitar yordam, jumladan bolalar uchun oziq-ovqat ortilgan BMTga tegishli besh yuk mashinasi G‘azo sektori tomon yo‘l oldi. Bu haqda BBC yozgan.
Isroilning xayrixohligini BMT gumanitar masalalar bo‘limi rahbari olqishladi. Binobarin, ekspertlar yaqinlashib kelayotgan ocharchilikdan ogohlantirayotgan bir paytda, bu miqdor hududdagi 2,1 million falastinlik uchun “dengizdan tomchi" ekani ta’kidlanmoqda.
Oziq-ovqat mahsulotlarini vaqtincha olib kirish qarori AQSH Senatidagi ittifoqchilar bosimi natijasida qabul qilingani aytilyapti.
Bosh vazir Binyamin Netanyaxu yakshanba kuni boshlangan XAMASga qarshi kengaytirilgan quruqlik hujumining bir qismi sifatida G‘azoning "barcha hududlari nazoratga olinishi"ni takrorladi.