AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga saylanganidan keyin uchinchi marta qo‘ng‘iroq qildi. Suhbat yakunida har ikki yetakchi qisqa bayonot berib, tafsilotlarga to‘xtalmadi, deb xabar berdi BBC. Ushbu muloqot taxminan ikki soat davom etgan. Shundan so‘ng Putin AQSH rahbariga Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik bitimi tuzilishiga qaratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokarani qayta tiklashda qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, Rossiya Ukraina bilan “...kelajakdagi tinchlik shartnomasi bo‘yicha memorandum” ustida ishlashga tayyorligini aytdi.

– AQSH yetakchisi bilan kelishib oldikki, Rossiya Ukraina tomoniga kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tinchlik shartnomasi bo‘yicha qator yondashuvlar, masalan kelishuv tamoyili, ehtimoliy sulh muddati va hokazo jihatlarni taklif qiladi, – dedi Putin. – Jumladan, agar tegishli bitimga erishilsa, biz ma’lum bir muddatga o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha memorandum tuzishga tayyormiz. Tomonlar tinchlikka imkon darajasida intilishi, har jihatdan qulay murosaga erishishi lozim. Rossiya uchun asosiysi inqirozning asosiy omillarini bartaraf qilish.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp bilan Putin nima haqda gaplashdi?