Vatanimiz tarixidagi 20 may sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1896 yil (bundan 129 yil oldin) – Turkiston o‘lkasida Rossiya imperatorligi geografiya jamiyatining Turkiston bo‘limi tashkil qilindi. Uning ilk raisi general-gubernator A.B.Vrevskiy bo‘ldi. Turkistonda bunday ilmiy jamiyat ochishdan maqsad Turkiston, Buxoro, Xiva hududlari, Xitoy va Afg‘oniston bilan chegaradosh boshqa hududlarda tabiatshunoslik, etnografik, statistik tadqiqotlarni olib borish, o‘lkani ilmiy o‘rganish uchun kelgan barcha sayyohlar va tadqiqotchilarga yordam ko‘rsatishdan iborat edi.

1906 yil (bundan 119 yil oldin) – mexanik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat qo‘rsatgan fan va texnika arbobi Muhammad O‘rozboyev tavallud topdi (vafoti 1971 yil). U 1963–1971 yillarda Toshkent politexnika instituti rektori bo‘lgan. Uning asosiy ilmiy ishlari mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi nazariyasiga doir. Muhammad O‘rozboyev O‘zbekistonda seysmik mustahkamlikning dinamik nazariyasi va qobiqlar nazariyasiga oid ilmiy maktab yaratgan, mexanika fanining ko‘p ilmiy yo‘nalishlariga asos solgan.

1913 yil (bundan 112 yil oldin) – o‘zbek shoiri, dramaturg, tarjimon Amin Umariy tavallud topdi (vafoti 1942 yil). Uning o‘tgan asrning 30-yillaridagi she’rlarida yoshlik tuyg‘ulari, qaynoq qalb orzulari va yuksalish ishtiyoqida mehnat qilayotgan kishilarning kechinmalari aks ettirilgan bo‘lib, ular chuqur lirizm, obrazlar, tasvir vositalarining jozibadorligi, tilining sodda va yorqinligi bilan ajralib turadi. Shoirning Ikkinchi jahon urushi yillaridagi she’rlarida esa kishilarning jasorati, matonati kuylangan. 

1914 yil (bundan 111 yil oldin) – “Sadoi Turkiston” gazetasining shu kungi sonida Abdulla Avloniyning “Gapurmanglar” nomli she’ri chop etildi. Muallifning fikricha, millat tanazzuldan iztirob chekayotgan, mustamlaka girdobida qolib, erku ozodlikdan mahrum bo‘lgan bir zamonda ishqiy mavzularda she’r yozish munosib emas.

Sizga arzim budur, ey shoiron, ishqiya nazm etmang,

Qalam qosh, zulfi sunbul, sarvi qomatdan gapurmanglar. 

Keling, emdi yozaylik, so‘zlashaylik kamchiliklardan.

Avloniy nima uchun “Ishqiya nazm etmang”, ya’ni ishqiy she’rlar yozmang demoqda? Bu bilan u dunyoviy muhabbatga qarshi chiqmoqdami? Tabiiyki, bunday emas. U Turkiston shoirlarini hadeb ishqiy she’rlar yozavermasdan o‘lkada hal qilinishi lozim bo‘lgan kamchiliklar, muammolar haqida yozishga da’vat etadi. Ma’rifatparvar shoirning “Yozaylik, so‘zlashaylik kamchiliklardan”, deya ta’kidlashining sababi shunda.

1919 yil (bundan 106 yil oldin) – Turkiston Respublikasi Maorif xalq komissarligi (vazirligi) hay’ati majlisida Turkistonda diniy maktablar faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi masala ko‘rildi. Mazkur majlisda Turkiston xalq maorifi bo‘limi mudirining eski maktablar va ularni yopish, mahalliy muallimlar va ular uchun uyezdlarda yozgi pedagogik kurslar tashkil qilish haqidagi ma’ruzasi ham tinglandi.

1923 yil (bundan 102 yil oldin) – Turkfront harbiy tribunalining Samarqand bo‘limi Shohizinda maqbarasida Matcha begi Asrorxon va 11 kishidan iborat milliy istiqlol kurashining faol qatnashchilarini o‘limga hukm qildi.

1923 yil (bundan 102 yil oldin) – yozuvchi, jamoat arbobi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Sarvar Azimov tavallud topdi (vafoti 1994 yil). U O‘zbekiston madaniyat vaziri, Ministrlar Soveti raisi o‘rinbosari va Tashqi ishlar vaziri lavozimlarida ishlagan. U adabiy jarayon masalalariga bag‘ishlangan adabiy-tanqidiy va publitsistik maqolalar yozdi. Hamid Olimjon ijodini tadqiq etdi.

1938 yil (bundan 87 yil oldin) – O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining “Xotin-qizlar o‘rtasidagi ishlar to‘g‘risida” qarori qabul qilindi. Unda xotin-qizlarning malakasini oshirish, moddiy-maishiy sharoitini ya’shilash, ularni rahbarlik lavozimlariga tortish orqali ishlab chiqarishga jalb qilishni kengaytirish masalalari aks etgan edi. 

Tarixchi Nilufar Jo‘rayevaning qayd etishicha, bu holat O‘zbekistonda ishchi kuchi yetishmasligidan kelib chiqib, ishlab chiqarishni kengaytirish, bo‘sh o‘rinlarni to‘ldirish, yangi korxonalar, muassasalarni ishchilar bilan ta’minlashni aksar partiya-sovet rahbarlari xotin-qizlar hisobiga to‘ldirishni taklif etgandi. Ishchilar sinfi saflarini to‘ldirishning asosiy manbalaridan biri – uy bekalari bo‘lgan.

1970 yil (bundan 55 yil oldin) – Toshkent zilzilasi oqibatlarini tugatishga bag‘ishlangan “Matonat” yaxlit badiiy yodgorlik majmuasi ochildi. Bronza haykalda bag‘riga bolasini bosib turgan ayol va tabiiy ofatga qarshi ko‘ksini qalqon qilayotgan erkak tasvirlangan. Haykal yonidagi qora labrador-kubning bir tomoniga zilzila yuz bergan vaqt – soat 5 dan 23 minut o‘tganini ko‘rsatib turgan soat mili, boshqa tomoniga “1966 yil 26 aprel” so‘zlari o‘yilgan.

2001 yil (bundan 24 yil oldin) – Toshkent Golf klubida golf bo‘yicha O‘zbekistonning birinchi ochiq chempionati o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston, AQSH, Germaniya, Janubiy Koreya, Malayziya, Angliya, Shotlandiya, Kanada, Janubiy Afrika Respublikasi va boshqa mamlakatlardan yuzga yaqin sportchi qatnashdi.

2019 yil (bundan 6 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Yaylovlar to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

2020 yil (bundan 5 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “«Har bir oila-tadbirkor» dasturini moliyalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2020 yil (bundan 5 yil oldin) – O‘zbekiston–Janubiy Koreya hamkorligida Toshkentda bolalar milliy tibbiyot markazi ochildi. Qiymati 130 million dollardan ziyod bo‘lgan mazkur tibbiyot markazi Koreya Respublikasi iqtisodiy rivojlantirish va hamkorlik fondi ishtirokida barpo etildi. 

2022 yil (bundan 3 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Dorivor o‘simliklar xom ashyo bazasidan samarali foydalanish, qayta ishlashni qo‘llab-quvvatlash orqali qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va “Dorivor o‘simliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2024 yil (bundan 1 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik tarmoqlarini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiston shoirlarini hadeb ishqiy she’rlar yozavermasdan o‘lkadagi muammolar haqida ham yozishga da’vat etgan ma’rifatparvarni bilasizmi?