Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining majlisida fuqarolar huquq va erkinliklari himoyasini kuchaytirish hamda sud hokimiyatining ochiqligini ta’minlashga oid qator qonunlar muhokama qilindi.

Qo‘mita raisi Abdulhakim Eshmurodovning qayd etishicha, sud faoliyati va odil sudlov samaradorligini oshirishga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirildi. Bu sud hokimiyatining ochiqligi ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilishiga keng imkon berdi. Ochiq sud majlislarida barcha fuqarolarga hech qanday to‘siqlarsiz ishtirok etish imkoniyatlari berildi. Sud qarorlari hech kimdan sir tutilmasdan onlayn tarzda e’lon qilinmoqda.

Yaratilgan imkoniyatlarga qaramasdan, bugungi kunda yopiq sud majlisi ishtirokchilari tomonidan sud jarayonlarida olingan ma’lumotlarni sudning ruxsatisiz oshkor qilish holatlari ko‘payib bormoqda.

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun sud ma’lumotlarini oshkor qilmaslik bo‘yicha sud muhokamasi ishtirokchilariga tegishli majburiyat yuklash va buni buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilash maqsadida ishlab chiqilgan. Unda Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual va Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodekslarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda. 

Majlisda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessida majburlov choralari instituti takomillashtirilayotganligi munosabati bilan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ham muhokama qilindi.

Mazkur qonun “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Qonun protsessual qonunchilikdagi bo‘shliqlarni bartaraf etish, yangi institutlarni joriy etish, odil sudlov sifatini oshirish, sud ish yurituvini takomillashtirish, shuningdek, fuqarolarning huquqlarini sud orqali himoya qilishga, ularning qonuniy huquq va manfaatlariga ziyon yetkazilishining oldini olishga qaratilgan.

Majlisda “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun ham ko‘rib chiqildi. Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish amaliyotiga xususiy ayblov institutini joriy etishni nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritish ko‘zda tutilmoqda. 

Bunda ayrim toifadagi ishlar bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish faqat jabrlanuvchining arizasiga asosan boshlanishi belgilanmoqda. Shu bois, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning Maxsus qismida ko‘rsatilgan ayrim huquqbuzarliklar bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishga jabrlanuvchining arizasi bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yilishi belgilanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni yaxshilanishi to‘g‘risida milliy ma’ruzani ko‘rib chiqish asnosida har yili milliy ma’ruza tayyorlash va parlament muhokamasida ko‘rib chiqish amaliyoti joriy etilgani aytib o‘tildi. 

Siyosiy-huquqiy sohadagi xalqaro reyting va indekslardagi O‘zbekiston ko‘rsatkichlari bo‘yicha 9 ta xalqaro reyting ustuvor etib belgilangan. Ularning 5 tasida O‘zbekiston pozitsiyasi yaxshilangan. 

Boshqa yo‘nalishlarda ishlar samaradorligini oshirish orqali xalqaro reytinglardagi O‘zbekistonning o‘rnini yaxshilash zarur. Korrupsiyaning mavjud emasligi, Qonunlarga rioya qilish, Tartibga solish sifati indikatorlari va Matbuot erkinligi indeksi shular jumlasidandir.

Senatorlar tomonidan muhokama qilingan masalalarning hayotga tatbiq etilishi qonuniylikni ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi. Bu fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytiradi, ularning odil sudlovga erishish darajasini oshiradi. 

Majlis yakunida qo‘mitaning tegishli qarorlari qabul qilindi.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish amaliyotiga xususiy ayblov instituti joriy etilishi mumkin