Dunyoning qaysidir tomonida shunday buyuk davrlar bo‘lganki, undagi katta-katta o‘zgarishlarni boshqa bir davr va makondagi yutuqlar bilan qiyoslash mumkin.

Qachondir, qayerdadir shunday jahongir yashab o‘tganki, unga o‘xshashi necha yuz yillardan keyin boshqa bir qit’ada elga doston bo‘lgan. Tarixda bunday yirik voqealar ko‘p emas.

Sohibqiron Amir Temur va imperator Napoleon Bonapart haqida gapirganda xayoldan shu qiyoslash manzarasi o‘tadi. Ular turli zamon va makonda yashab o‘tgan, lekin dunyoning eng mashhur sarkardalari sifatida doimo yonma-yon tilga olinadi.

Ko‘plab tarixiy manbalar asosida yozilgan “Amir Temur va Imperator Napoleon” deb nomlangan ilmiy asarni varaqlaganda o‘quvchini mana shu kabi hislar chulg‘aydi. 

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori, tarix fanlari doktori Rahmon Farmonovning bu kitobi chop etilganiga sakkiz yil bo‘ldi. Asar bu davr mobaynida ko‘plab o‘quvchilariga ega bo‘ldi. Kitob olimlarning shu mavzudagi munozara nuqtasiga aylandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Kitobga xalqaro maydonda ham qiziquvchilar ko‘paydi.

[gallery-23452]

Buni ushbu asarning yaqinda Turkiyada turk tiliga tarjima qilinib, chop etilganida ham ko‘rish mumkin.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida shu asar – “Emir Timur ve Imparator Napolyon” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

Unda mamlakatimiz va turkiyalik olimlar, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

– Amir Temur va Napoleon Bonapart to‘g‘risida gap ketganda, ko‘pincha ularga harbiy shaxslar sifatida qaraladi, – deydi asar muallifi Rahmon Farmonov. – To‘g‘ri, ularning hayoti jangu-jadallarga to‘la. Lekin bu ikki buyuk shaxs, eng avvalo, bunyodkor insonlar bo‘lgan. Ular hukmronlik qilgan davrda mamlakat butkul o‘zgargan. Misol uchun Samarqand va Parij dunyoning eng go‘zal shaharlariga aylandi. Amir Temurning bunyodkorlik ishlari uning qo‘l ostida bo‘lgan mamlakatlarda ham amalga oshirilgan. Napoleon Bonapart o‘n besh yil podsholik qilgan bo‘lsa, shu davr ichida birgina Fransiya emas, balki G‘arbiy Yevropa qiyofasi ham butunlay o‘zgardi. Ular ilm-fan, madaniyat, san’at, kabi sohalarning homiylari bo‘lgan. Har ikkalasi har qanday muammoni, avvalo, tinchlik yo‘li orqali hal qilishga intilgan. Bugun bu asarning boshqa tilda ham chop etilgani yuqori baholandi. Bu e’tirofni o‘zimga yana bir mas’uliyat deb bilaman.

Taqdimot yakunida muallif asar yuzasidan talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/wEL0245wI2U" title="“Amir Temur va Imperator Napoleon” asari turk tilida ham chop etildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Ikrom AVVALBOEV, Muhammad AMIN (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Amir Temur va Imperator Napoleon” asari Turkiyada ham chop etildi (+video)