Xalqaro shaxmat federatsiyasi tomonidan ortda qolgan nufuzli musobaqalar sarhisobiga ko‘ra, e’lon qilib boriladigan “FIDE Circuit-2025”ning yangilangan reytingida o‘zbekistonlik 4 nafar shaxmatchining nomi qayd etildi.

Mazkur reytingda “Grand Chess Tour” tizimidagi “Superbet Chess Classic Romania-2025” xalqaro turnirida g‘oliblikka erishgan hindistonlik Rameshbabu Pragnanandxa 68.40 ochko bilan “FIDE Circuit-2025” jadvalida peshqadamlikka erishdi.

Ikkinchi o‘rinni xitoylik Ding Liren 40.64 ochko bilan band etgan vaziyatda yaqinda Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan eronlik Daneshvar Bardiya 33.39 ochko bilan 3-pog‘onadan joy oldi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Nodirbek Abdusattorov 18.42 ochko bilan “FIDE Circuit-2025” ro‘yxatida 14-o‘rinni, Shamsiddin Vohidov 17.03 ochko bilan 18-o‘rinni, Nodirbek Yoqubboyev 14.50 ochko bilan 21-o‘rinni hamda Muhiddin Madaminov 14.22 ochko bilan 22-qatorni egalladi.

“FIDE Circuit-2025” reytingida eng ko‘p ochko to‘plagan shaxmatchi jahon chempionligi uchun nomzodlar turniri yo‘llanmasiga ega chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 5 mart holatida Nodirbek Abdusattorov ushbu reytingda yetakchilik qilgan edi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik shaxmatchilardan kimlar “FIDE Circuit-2025”ning reytingidan joy oldi?