Olmaliq shahrida yashovchi fuqaro o‘zining “Malibu-2” rusumli avtomashinasini fuqaro I.A. (1994 yili tug‘ilgan) tomonidan sotib yuborilgani va pullarini o‘zlashtirgani yuzasidan IIBga murojaat qildi.

Shundan so‘ng tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borildi. Mazkur jarayonda fuqaro I.A. joriy yil fevral va aprel oylarida oldindan rejalashtirilgan ko‘plab shaxslarning ishonchini suiiste’mol qilgani, avtomobillar va yirik miqdordagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani fosh bo‘ldi. 

Jumladan, u turmush o‘rtog‘i nomiga go‘yoki biznes boshlash maqsadida tijorat bankidan 223,8 million so‘m onlayn kredit rasmiylashtirgan va o‘z ehtiyojlariga ishlatgan. U 1982 yili tug‘ilgan erkakdan 2 ming 600 dollar va “Lasetti” avtomobilini olib, uchinchi shaxsga arzon narxda sotib yuborgan. Borgan sari firibgarning qo‘liga oson pul tushaverishi uning bu kabi qilmishlarni yana ko‘proq qilishga undagan bo‘lsa, ajabmas.

U endi yana bir fuqaroning “Matiz” rusumli avtomobilini vaqtincha foydalanishga olib, boshqa shaxsga 1 ming 700 dollarga pullagan. Shu orada tanish ayol ijaraga olgan “Lasetti”ga ham xaridor topib sotgan. 

Bu ham yetmaganidek, 1992 yili tug‘ilgan ayolning “Tracker-2”  avtomashinasiga “chexol” olib berishni aytib, olib ketgan va sotib yuborgan. O‘rniga o‘xshash rusumdagi boshqa mashinani qaytargan hamda shu ayol nomiga 84,3 million so‘mlik kredit olib, pullarni ishlatib yuborgan. 

U bu qilmishlari bilan cheklanmasdan, 1988 yili tug‘ilgan erkakning arzon narxda avtomobil olishga ko‘maklashmoqchi bo‘lib, undan 500 dollar va shaxsiy hujjatlarini olib ketgan. Tergov davomida ayblanuvchi I.A. o‘zlashtirgan avtomobillarni ehtiyot qismlarga ajratib, sotib yuborgan. Unga Namangan viloyatida yashovchi ikki nafar avtomexanik ko‘maklashgan. Ular bilan birga kuzov va dvigatel raqamlarini maxsus uskuna orqali qalbakilashtirgan.

 Ko‘zdan kechirish jarayonida daliliy ashyo sifatida uchta avtodvigatel, qalbaki kuzov va motor raqamlari, kompyuter va boshqa uskunalar, kesilgan holdagi avtomobil old qismi, nashriyot nomi ko‘rsatilmagan 20 dona diniy mazmundagi kitob olindi. 

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan I.A. va barcha gumondorlarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi ochilib, tergov harakatlari davom etmoqda. 

A.Musayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘za kunda emas, kunida sinadi