Soha olimlarining qayd etishicha, seysmik faol hududlar uzoq vaqtdan buyon fanga ma’lum. Biroq, zilzila vaqtini aniq bashorat qilishning hozircha iloji yo‘q. Faqatgina bunga tayyorgarlik ko‘rish mumkin xolos.

Bugun Toshkentda “Seysmik hududlarda baland binolarni loyihalash” mavzusida xalqaro ekspertlar ishtirokida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi. 

Xalqaro ekspertlar seysmik xavfsizlikni kuchaytirish chora-tadbirlariga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. 

Davlat loyiha institutlari mutaxassislari ishtirokida joylarda o‘rganishlar o‘tkazildi. Ushbu o‘rganish natijalari va hududlarning seysmik holati tahlili asosida bu tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. 

Bugungi kunda xorijiy mutaxassislar jalb qilingan holda binolarni o‘rganish bo‘yicha yangi amaliyot yo‘lga qo‘yiladi. Zilzila va boshqa tabiiy ofatlarga bardoshli uylarni qurish bo‘yicha tajriba almashish kengaytiriladi. Binolar instrumental texnik tekshiruvdan o‘tkazilib, kamchiliklar bartaraf etiladi. 

–O‘zbekistonda baland qavatli binolarni loyihalash va qurish sohasida keskin burilish bo‘lmoqda, – deydi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti boshqarma boshlig‘i Azizbek Nurmirzayev. – O‘zbekiston seysmik xavfi yuqori bo‘lgan hududda joylashgan. Mamlakatimizda baland qavatli binolarni loyihalash uchun yangi normativ hujjat ishlab chiqildi. Hozirgi kunda seysmik hududlarda qurilish borasida “shaharsozlik normasi” mavjud. Bugun mamlakatimizda baland binolarni loyihalashga talab oshyapti. Yangi normativ hujjatga asosan binolarni seysmik jihatdan 12 qavatgacha qurishga ruxsat beriladi. 12 qavatdan yuqori bo‘lgan binolarni maxsus texnik shart asosida ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Ushbu o‘rganishlar va xorijiy tajriba asosida seysmik xavf, ta’sirni va xatarni baholash yuzasidan me’yoriy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritiladi. Ushbu normativ hujjat xalqaro ekspertlar va mahalliy quruvchi, loyihachi, pudrat tashkilotlarini jalb qilgan xolda muhokama qilindi. Normativ hujjat bir ovozdan ma’qullandi.

Anjumanda seysmik hududlarda baland binolarni loyihalashda gibrid seysmik izolyatsiya tizimlarining roli, ultra-mustahkam betonlardan foydalanish, binolarning dinamik barqarorligini ta’minlash bo‘yicha innovatsion yondashuvlar, real hayotdagi muammolar va ularning amaliy yechimlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, xorijiy tajribani mahalliy sharoitga moslashtirish, zilzilabardoshlikni baholash metodikalarini takomillashtirish va zamonaviy qurilish materiallarining afzalliklari yuzasidan ham fikr almashildi. 

Tadbir soha mutaxassislari uchun ilmiy va amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘lib, qurilish sifati va xavfsizligini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. 

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/1e8dbMEZvxA" title="Zilzila va boshqa tabiiy ofatlarga bardoshli uylarni qurish bo‘yicha tajriba almashildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Shahnoza Mamaturopova, 

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zilzila va boshqa tabiiy ofatlarga bardoshli uylarni qurish bo‘yicha tajriba almashildi (+video)