Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax shahridagi “Xalqobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan bozorda joriy yilning 17 may kuni yong‘in chiqqanligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.

Biz ushbu xabarga oydinlik kiritish maqsadida Jizzax viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutasaddilari bilan bog‘landik.

– Haqiqatdan ham ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Jizzax shahrida bozor yonmoqda”, degan xabarlar tarqaldi, – deydi Jizzax viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari, kapitan Iftixor Umarov. – Aslida yong‘in bozor ichida emas, balki bozor yaqinidagi oshxonada ro‘y bergan.

Jizzax viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor boshqaruv markaziga soat 13:00 larda shu haqda xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yong‘in joyiga 5 daqiqaga qolmay yetib borgan. Ushbu yong‘inni bartaraf etish uchun 11 ta asosiy yong‘in-qutqaruv ekipaji, 1 ta maxsus va 2 ta yordamchi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan 5 ta texnika va jami 96 nafar xodim jalb etilgan.  

Yong‘in hududi soat 13:39 da to‘liq qurshab olingan va olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida yong‘in maydoni qisqartilib, soat 14:50 da to‘liq o‘chirilgan.

Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi telegram kanalida ham Jizzax shahrida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.

Xabarda yong‘in natijasida fuqarolarning tan jarohati olganligi qayd etilmaganligi ta’kidlanadi.  

Yong‘in natijasida 2 qavatli umumiy ovqatlanish shoxobchasi va savdo do‘konlarining taxminan 400-500 kvadrat metr maydoni yonib zararlangan.

Tilsiz yovni bartaraf etish ishlarida IIO xodimlari va yoshlardan iborat shahar fuqarolari ham jonbozlik ko‘rsatganini alohida ta’kidlab o‘tish lozim.

Ayni paytda ushbu yong‘inning kelib chiqish sabablari va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

A.Qayumov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxdagi yong‘inda insonlar zarar ko‘rmadi