Har bir davlat o‘z tashqi siyosatini amalga oshirish jarayonida diplomatik aloqalarni mustahkamlash, xalqaro munosabatlarni rivojlantirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga alohida ahamiyat qaratadi.

Tabiiyki, bu borada oliy darajadagi uchrashuvlar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Davlat rahbarlari darajasidagi rasmiy tashriflar nafaqat o‘zaro ishonchni mustahkamlaydi, balki sheriklikning yangi yo‘nalishlarini ham belgilab beradi.

O‘zA yangi rukn orqali oliy darajadagi muloqotlarning ahamiyati, bunday uchrashuvlarda ko‘tarilgan dolzarb masalalar, imzolangan hujjatlar xususida hafta tafsilotini berib boradi.

XXR Raisi Braziliya Prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi

XXR Raisi Si Szinpin Xitoyga davlat tashrifi bilan kelgan Braziliya Prezidenti Lula da Silva bilan 13 may kuni Pekindagi Xalq majlislari zalida muzokara o‘tkazdi.

Tomonlar o‘tgan yil nishonlangan o‘zaro diplomatik munosabat o‘rnatilganining 50 yilligi munosabati bilan ikki tomonlama aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladilar.

Xitoy yetakchisi rivojlanish strategiyasi uyg‘unligini doimiy ravishda chuqurlashtirish, Global janub mamlakatlari birdamligini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. 

– Braziliya iqtisodiyot, infratuzilma, aerokosmik sohalardagi hamkorlikni kengaytirish uchun o‘z rivojlanish strategiyasini “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi bilan muvofiqlashtirishga tayyor, – dedi Lula da Silva.

Serbiya Prezidenti Yevropa Kengashi rahbari bilan uchrashdi

Seshanba kuni Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich Belgradga rasmiy tashrif bilan kelgan Yevropa Kengashi rahbari Antoniu Koshtani qabul qildi.

Muloqot avvalida Vuchich Serbiyaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaraga xayrixohlik bildirgani uchun martabali mehmonga minnatdorlik bildirdi.

– YeI biz uchun muhim hamkor, kelgusida Serbiya ko‘hna qit’a davlatlariga eksportni yanada diversifikatsiya qilishdan manfaatdor, – dedi Vuchich. – Har doim aytganmiz, mamlakatimizning buguni ham, kelajagi ham YeI bilan bog‘liq. Harakatlarimiz Koshta tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga ishonamiz.

Tramp Ko‘rfaz davlatlari bilan “hayratlanarli” iqtisodiy bitimlar imzoladi

AQSH yetakchisi Donald Tramp Ko‘rfaz Arab mamlakatlariga safarini Saudiya Arabistonidan boshladi.

14 may kuni Ar-Riyod shahrida o‘tgan Amerika Qo‘shma Shtatlari va Ko‘rfaz hamkorlik kengashi sammitida Saudiya Valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud, Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy, Bahrayn qiroli Hamad bin Iso Al-Xalifa, Quvayt amiri Shayx Masha’l Al-Ahmad Al-Jobir As-Saboh, Abu-Dabi Valiahd shahzodasi, BAA Prezidentining to‘ng‘ich o‘g‘li Xolid bin Muhammad Ol Nahayon, shuningdek O‘mon Bosh vaziri o‘rinbosari Shayx Asad bin Toriq Ol Said ishtirok etdi.

Tramp Ar-Riyodda Valiahd shahzoda vositachiligida Suriya yetakchisi Ahmad Ash-Shara’ bilan ham qisqa uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida u mazkur arab davlatiga nisbatan asosiy sanksiya bekor qilinishini ta’kidlab, suhbatdoshini Isroil bilan munosabatni yaxshilash, xorijiy terrorchilarni mamlakatdan chiqarib yuborish, birgalikda ISHID qayta tiklanishiga yo‘l qo‘ymaslik kabi vazifalarni zimmasiga olishga chaqirdi.

Tramp Saudiyaga tashrifini yakunlagach, Qatarga o‘tdi. Doha aeroportida uni Amir Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy kutib oldi. Tashrif davomida ikki tomon o‘rtasida 1,2 trillion dollardan ortiq qiymatga ega iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.

Amerika yetakchisi 15 may kuni Birlashgan Arab Amirliklari Abu-Dabi shahriga yetib bordi. Delegatsiyani aeroportda Prezident Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon kutib oldi. Qo‘shma Shtatlar rahbari sharafiga Prezident saroyi – “Qasr al-Vatan” hovlisida rasmiy qabul marosimi o‘tkazildi. Nahayonlar oilasi bilan muzokaraning asosiy mavzusi sifatida BAA keyingi 10 yilda AQSHga 1,4 trillion dollar sarmoya kiritishi muhokama qilindi. AQSH Prezidenti bu sarmoya sun’iy intellekt sohasini rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston yetakchisini tavallud kuni bilan tabrikladi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, qardosh xalq farovonligi va ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.

Suhbat davomida yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatini yanada rivojlantirishga doir dolzarb masalalar, bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlar va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Savdo, sanoat kooperatsiyasi, samarali logistika, qishloq xo‘jaligi, turizm, ta’lim, madaniy almashinuv kabi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab olgan ikki tomonlama amaliy hamkorlikning yangi kun tartibini shakllantirish borasidagi ishlarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.

Turkiya yetakchisi NATO Bosh kotibi bilan uchrashdi

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an NATO Bosh kotibi Mark Ryutteni qabul qildi.

Uchrashuv 13 may kuni Anqaradagi Prezident majmuasida yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tdi.

O‘zaro muloqot chog‘ida tomonlar Turkiya va NATO o‘rtasidagi munosabat, Rossiya – Ukraina ziddiyati hamda boshqa mintaqaviy va xalqaro muammolarni tahlil qilgan. Uchrashuvda tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan ham ishtirok etgan.

JAR Prezidenti Abijan shahrida Kot-d'Ivuar yetakchisi bilan muloqot qildi

Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Siril Ramafosa dushanba kuni Abijan shahrida bo‘lib o‘tgan “Africa CEO Forum” anjumani doirasida Kot-d'Ivuar yetakchisi Alassan Uattara bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida ikki davlat rahbarlari mavjud aloqani mustahkamlash, tovar ayirboshlash miqdorini oshirishga kelishib oldilar.

JAR yetakchisi mazkur forumni Afrika qit’asi erkin savdo hududi (AFSTA) orqali Pan-Afrika savdosini rivojlantirish, Janubiy Afrikaning G20 doirasidagi raisligi bilan bog‘liq asosiy mavzularni Afrika qit’asi uchun manfaatli masalalar sifatida baholadi.

Lukashenko Zimbabve Prezidenti bilan uchrashdi

Joriy yil 14 may kuni Minskdagi Mustaqillik saroyida Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko va Zimbabve Prezidenti Emmerson Mnangagva o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlik, mavjud loyihalarni amalga oshirish jarayoni, jumladan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy loyihalar istiqbolini muhokama qilgan.

– Mamlakatingiz, xalqingiz bilan do‘stlikni yuksak qadrlaymiz, – dedi Lukashenko. – Bizni barcha davlatlarning suveren tengligi, ko‘p qirralilik, BMT Nizomi va xalqaro huquq me’yorlariga hurmat asosida adolatli dunyo tartibini shakllantirish borasidagi umumiy yondashuvlar birlashtirib turadi.

Ayni payt ikki o‘lka o‘zaro oziq-ovqat mahsulotlari – quruq sut, sharbat, meva, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika mahsulotlari yetkazib bermoqda, fan va texnologiya sohasida hamkorlik qilmoqda.

– Belarus Zimbabve bilan chiqindini qayta ishlash, raqamlashtirish, atom energiyasidan tinch maqsadda foydalanish va koinotni o‘rganish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etishda ishonchli hamkorga aylanishi mumkin, – deya xulosa qildi Lukashenko.

Tiranada Yevropa siyosiy hamjamiyatining 6-sammiti bo‘lib o‘tdi

Kecha Albaniya poytaxti Tirana shahrida Yevropa siyosiy hamjamiyatining 6-sammiti bo‘lib o‘tdi.

E’tiborli jihati, bu yilgi anjumanda 50 ga yaqin davlat va hukumat rahbarlari qatnashdi. Muloqot innovatsiya orqali raqobatbardoshlik, iqtisodiy xavfsizlik, energetika, sanoat barqarorligiga erishish, migratsiya, zamonaviy global sharoitda Yevropaning yetakchilik roli kabi mavzularni qamrab oldi.

Yevropa siyosiy hamjamiyati xavfsizlik, iqtisodiy barqarorlik va demokratik boshqaruv sohasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan hukumatlararo platforma bo‘lib, YeI ichida va tashqarisida barcha davlatlar sa’y-harakatini siyosiy va iqtisodiy nuqtai nazardan muvofiqlashtirishga ko‘maklashadi. Umumiy muammolarni hal qilib, qit’a xavfsizligi, barqarorligi va farovonligini oshirish uchun siyosiy muloqotni rivojlantiradi.

Sammitning yana bir esda qolarli voqeasi Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan o‘rtasidagi uchrashuv bo‘ldi. O‘zaro muloqot davomida tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi bugungi munosabat va tinchlik shartnomasini tuzish jarayoni yuzasidan fikr almashgan.

O‘tkir Mirzo tayyorladi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi davr oliy diplomatiyasi