Muzeylar mamlakatimizning tarixi, madaniy-ma’rifiy, ilmiy-ijodiy salohiyatini namoyish etuvchi o‘ziga xos ziyo maskanlari sanaladi.

O‘zbekistonimizga kelayotgan sayyohlar ham eng avvalo, tarixiy, ajdodlarimizning jahon tamaddunida tutgan o‘rni, san’at kabi yo‘nalishlardagi muzeylarga tashrif buyurishlari yaxshi an’anaga aylangan. Zero, aynan muzeylarda mamlakatimizning boy o‘tmishi, taraqqiyot bosqichlari haqida batafsil va to‘laqonli ma’lumotga ega bo‘lish imkoniyati mavjud.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi ma’lumotiga ko‘ra,   bugungi kunda mamlakatimizda 127 ta davlat muzeyi va ularning filiallari mavjud bo‘lib, shundan 114 tasi Madaniy meros agentligi tizimida faoliyat yuritmoqda. Xususan, 37 ta asosiy muzey va 77 ta muzey filiallari, shu jumladan 7 tasi muzey-qo‘riqxona sifatida xizmat ko‘rsatmoqda.

Davlat muzeylari fondlarida jami 2,6 milliondan ortiq muzey ashyolari va kolleksiyalar saqlanmoqda. Shundan 135 mingdan ziyodi keng jamoatchilik uchun ekspozitsiyalarda namoyish etilmoqda.

2024 yil davomida davlat muzeylari tomonidan ko‘plab ilmiy-amaliy anjumanlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rgazmalar, mahorat darslari hamda teatrlashtirilgan sahna tomoshalari tashkil etildi. O‘tgan yili muzeylarga jami 4 million 340 ming nafar mahalliy va xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Ulardan 1 million 12 mingi xorijiy, 3 million 200 mingi esa mahalliy mehmonlardir.  

34 ta davlat muzeyida xatlov ishlari olib borilib, 5 ta muzeyda aniqlangan kamomad va nomuvofiqliklar tegishli tartibda Prokuratura organlariga yuborildi.

Yurtimiz va xorijiy mamlakatlarda 82 nafar rahbar va xodimlarning malakalari oshirildi.

2025 yilning birinchi choragida mamlakatimiz muzeylari tomonidan ko‘plab ilmiy-amaliy anjumanlar, ko‘rgazmalar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, mahlorat darslari, ilmiy-ijodiy loyihalar muvaffaqiyatli o‘tkazildi.  

Saudiya Arabistoni (Jidda) va Qozog‘iston (Olmaota, Ostona) shaharlarida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro ko‘rgazmalarda O‘zbekiston muzey kolleksiyalariga mansub ashyo va buyumlar namoyishi tashkil etilib, ular mahalliy va xorijiy jamoatchilikning  olqishlariga sazovor bo‘ldi.

Muzeylarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga katta e’tibor qaratilmoqda. 27 ta muzeyda zamonaviy savdo, suvenir do‘konlari, ustaxonalar, onlayn xizmatlar va san’atkorlar uchun maxsus hududlar tashkil etildi.  “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi  doirasida 2024 yilda 2 milliard 83 million so‘mga 97 ta madaniy boylik xarid qilindi.Mahalliy byudjet hisobidan hamda fond xarid komissiyalari orqali muzey eksponat kolleksiyalari yanada boyidi. Shu bilan birga aholi tomonidan ko‘plab madaniy boylik muzeylarga beg‘araz taqdim etildi.

Joriy yilda ham bu boradagi ishlar izchil davom ettirilayotgani e’tiborga molik.  

Aytish kerakki, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida yurtimizning ilmiy-ijodiy salohiyatini yuksaltirish, bu borada muzeylarning rolini kuchaytirish masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu esa muzeylarga oddiy odamlar, talaba-yoshlar, ijodkor ziyolilar, olim va tadqiqotchilar, xorijlik mehmonlar e’tibori va qiziqishini tobora kuchaytirishda muhim omil bo‘lmoqda.  

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi yaqin tarixga oid haqiqatlarni ochiqlashda, bu borada ilmiy tadqiqotlar olib borishda, yoshlarda bugungi yorug‘ kunlarimiz uchun shukronalik tuyg‘ularini shakllantirishda muhim platforma vazifasini bajarmoqda.  

 Prezidentimiz tashabbusi asosida barpo etilgan “G‘alaba bog‘i” majmuasi hamda Shon-sharaf muzeyi O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushi yillarida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga hissasi juda yorqin, hayotiy va ta’sirchan tarzda hikoya qilishi bilan ahamiyatlidir. Ushbu majmuada yaqindagi bunyod etilgan “Millat fidoyilari” xiyoboni vatandoshlarimizning mardligi va matonati, jasorati, qat’iyati, azmu  shijoatidan so‘zlovchi fayzli va betakror go‘shaga aylangani diqqatga sazovor. Bugun ushbu tabarruk maskan ijodkor ziyolilar, talaba-yoshlar, butun xalqimizning eng ardoqli go‘shasiga aylandi.

Yurtboshimiz  tashabbusi  bilan poytaxtimizning tarixiy qismida qad rostlagan O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi O‘zbekistonning ilmiy-ma’rifiy salohiyatini jahonga yoyishga faol va samarali hissa qo‘shadigan betakror va muhtasham dargohga aylanmoqda. Bugungi kunda ushbu markazda uning salobatli tashqi ko‘rinishiga uyg‘un tarzda ichki ekspozitsiyasi,  eksponatlari majmuasini chuqur ilmiy, tadrijiy asosda yaratish  ustida jiddiy, xalqaro va umummilliy tus olgan izlanishlar jadal olib borilmoqda. Markaz tomonidan yurtimizdagi barcha muzeylar, ulardagi ilmiy jamoa, olimlar, tadqiqotchilar, arxeologlar, muzeyshunoslar bilan uzviy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani kutilgan ijobiy natijalarni bermoqda.  

Bularning barchasi O‘zbekiston muzeylarini jahon bilan hamnafas tarzda faoliyat olib olib borishi, mamlakatimiz muzeyshunosligining xalqaro andozalarga monand bo‘lishini ta’minlash borasidagi ilg‘or tashabbuslarning amaliy natijalaridir.  

                     Nazokat Usmonova, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo bilan bo‘ylashayotgan muzeylar