Prezidentimiz raisligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan yo‘nalishlar, yurtimizda sifatli ta’lim-tarbiya tizimini yuksak darajaga ko‘tarishiga shubha yo‘q.

Bugungi kunda dunyo istiqbolini yuksak texnologiyalar, sun’iy intellekt va innovatsiyalar belgilayotgan ekan, maktab partalarida tahsil olayotgan olti yarim millionga yaqin o‘quvchilarning savodxonligi masalasiga befarq qarab bo‘lmaydi.  

Prezidentimiz aytganidek, qamrov oshdi, lekin sifat bo‘yicha bajariladigan ishlar ko‘p. Darhaqiqat, mamlakatimiz rahbarining qat’iy siyosiy irodasi, so‘nggi yillardagi shiddatli islohotlar natijasida maktabgacha, maktab va oliy ta’lim tizimida qamrov karrasiga oshirildi. Navbatdagi eng muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri va asosiysi, bu — miqdor ko‘rsatkichlaridan sifat o‘zgarishlariga o‘tish hisoblanadi.

Mazkur yo‘nalishda barcha maktab o‘qituvchilarining bilim salohiyatini yuksaltirishdan tortib, ularni tayyorlaydigan pedagogik oliy o‘quv yurtlarigacha faoliyatini o‘zgartirish, metodikani zamonaviylashtirishga e’tibor qaratilgani diqqatga sazovor. Chunki iqtisodiy jihatdan eng qudratli va rivojlangan davlatlarda ham maktab o‘qituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirishga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida e’tibor qaratiladi. Zero, maktabdagi sifatli ta’lim, o‘z navbatida, oliy ta’limga, umummilliy savodxonlik darajasiga hamda butun bir millatning salohiyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.

Pedagog kadrlar malaka oshirish markazlarining faoliyati qayta ko‘rib chiqilib, ularning kasbiy rivojlanishiga qaratilgan zamonaviy dasturlar joriy etilishi tahsinga sazovor. Shuningdek, ta’lim sifatini ta’minlashda baholash tizimi ham muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, maktab o‘quvchilarini to‘g‘ri va adolatli baholash ularning bilim olishiga, o‘qishga qiziqishiga qo‘shimcha rag‘bat beradi. Shu nuqtai nazardan, Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarda joriy etilgan, sinovdan o‘tgan zamonaviy baholash tizimini ommalashtirishga, maktablarni xalqaro testologiya mezonlariga asoslangan holda akkreditatsiyadan o‘tkazishga oid zamonaviy tashabbuslarning ilgari surilgani ayni muddao bo‘ldi.  

Maktab o‘quvchilarini internet va turli ijtimoiy tarmoqlardagi zararli ma’lumotlardan himoya qilish choralarini kuchaytirish masalasiga Prezident alohida e’tibor qaratgani tahsinga molik. Ayniqsa, bu yo‘nalishda maxsus markazning tashkil etilishi, raqamli platforma ishga tushirilishi uning milliy kontentlar bilan to‘ldirilishi bo‘yicha bildirilgan takliflar bugungi kunning eng dolzarb masalasidir. Chunki biz axborot globallashuvi tufayli turli mafkuraviy ta’sirlar, ayniqsa, yoshlar tafakkurini egallashga qaratilgan g‘arazli xurujlar tobora kuchaygan bir paytda yashayapmiz. Bugungi davrda bunday xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo‘lib yashash har birimizning burchimizdir.  

Globallashuvning yoshlar tarbiyasiga o‘tkazayotgan salbiy ta’siri eng avvalo, informatsion vositalarning yuksak rivojlanishi natijasida internet, uyali telefon, telekommunikatsiyalar va turli axborot nashrlarining kirib kelishida namoyon bo‘lmoqda. Bu vositalar orqali taklif etilayotgan "qadriyatlar" ko‘p hollarda yoshlarimizni o‘zimizning milliy qadriyatlarimizdan uzoqlashtirib qo‘ymoqda, o‘z tarixiy ildizlaridan uzoqlashuviga olib kelmoqda. Shuningdek, "ommaviy madaniyat" turli xil ko‘rinishlarining yoshlar orasida tobora keng tarqalishi yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayapti. Bular asosan kiyinishda, qiziqishlarda, bo‘sh vaqtni o‘tkazishda, milliy qadriyatlarga munosabatda namoyon bo‘lmoqda. Yot madaniyat qadriyatlarini o‘zida ifoda etayotgan xurujlar yoshlarimizda individualizm, egotsentrizm,  andishasizlik, behayolik va zo‘ravonlik, milliy qadriyatlarga va ijtimoiy manfaatlarga bepisandlik bilan munosabatda bo‘lish kabi illatlarni keltirib chiqarmoqda. Yoshlar orasida taqlidchilik, g‘arbona ideallarga ko‘r-ko‘rona ergashish kabi holatlar ham kuzatilmoqda. Bunda, xorijda keng tarqalgan axloqiy va ma’naviy yurish-turish andozalarining kinofilmlar, moda va turli xil reklamalar orqali yoshlarimizning ongini chulg‘ab olayotganligini sezish qiyin emas.

Oqibatda, yoshlar o‘rtasida kitob o‘qishdan ko‘ra kompyuter o‘yinlari oldida vaqtini o‘tkazish, mazmunan sayoz bo‘lgan turli xil janrdagi filmlarni tomosha qilish odat tusiga kirib bormoqda. Shu ma’noda, yurtimizda yosh avlodning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini to‘g‘ri shakllantirish, ularni turli tahdidlardan himoya qilish, ongu tafakkurini yuksaltirish ma’naviy-ma’rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning eng asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi kerak. Bu vazifani uddalashda esa ta’lim va tarbiyaning o‘rni katta. Shu nuqtai nazardan, zararli axborotlarga qarshi tura oladigan milliy kontent yaratish, ularni targ‘iboti, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Prezident qarori bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qoshida Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilinishi ayni muddao bo‘ldi. Markaz bolalar tarbiyasi va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir qiladigan axborot makonidagi kontentni tahlil qiladi. Mahalliy ijodkorlarga milliy kontent yaratish bo‘yicha buyurtma beradi, sohada kadr tayyorlashni tashkil qiladi. Qori Niyoziy instituti markazga ilmiy jihatdan ko‘maklashadi. Shu bilan birga, bu masalalar faqatgina bitta markazning ishi bo‘lib qolmasligi, mas’ul barcha vazirliklar markaz bilan ishlarni boshlashi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.  

Yana bir muhim yo‘nalish sifatida xususiy ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish zarurati qayd etilgani o‘rinli bo‘ldi. Chunki yildan yilga maktab o‘quvchilari soni ortib bormoqda. Ularni davlat maktablariga to‘liq qamrab olish imkoniyati yetarli emas. Shundan kelib chiqib, sohaga xususiy sektorni jalb etish, xususiy ta’lim tashkilotlarining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi maqsadga muvofiq.  

Yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va samarali ta’minlash barcha rahbarlar qatori barcha darajadagi deputatlar zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Zotan, Prezidentimiz belgilab bergan ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib, oldimizda maktab ta’limi sohasida bir qator muhim vazifalar turibdi.

                                                                   Toshpo‘lat MATIBAEV,

sotsiologiya fanlari doktori, professor,

xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktab ta’limi sohasidagi vazifalar ijrosi deputatlarni faollikka chorlaydi