Kecha Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida “Sharjah Masters-2025” xalqaro turniri boshlandi.

Dunyoning eng kuchli 82 nafar shaxmatchilari qatorida turnirning “Masters A” guruhida hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov birinchi raqamli ishtirokchi sifatida tasniflangan. Mahoratli shaxmatchilarimizdan Jahongir Vohidov 46, Muhiddin Madaminov 56, Ortiq Nigmatov 80-tartib raqamda tasnif etilgan.

Xalqaro turnirning “B” guruhida 142 nafar shaxmatchi dona surayotgan bo‘lsa, ular orasida 6 nafar o‘zbekistonlik “aql gimnastikasi” sohiblari o‘z omadini sinovdan o‘tkazishga kirishgan.

Kecha umumiy mukofot jamg‘armasi 73 ming AQSH dollaridan iborat “Sharjah Masters-2025” turnirining ilk tur musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Yetakchi shaxmatchilarimizdan Nodirbek Abdusattorov 1-turda qora donalarda hindistonlik Seturaman bilan, Muhiddin Madaminov oq donalarda xitoylik Syuy Syan’yuy bilan, Ortiq Negmatov oq donalarda hindistonlik Anand Pranav bilan durangga erishgan vaziyatda Jahongir Vohidov oq donalarda harakatlanishiga qaramay eronlik Amin Tabatabaiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Bugun, 18 may kuni xalqaro turnirning 2-tur o‘yinlari tashkil etiladi. Unda Nodirbek Abdusattorov oq donalarda hindistonlik Mittal Aditay bilan kuch sinashadi.

Shuningdek, terma jamoamiz a’zolaridan Muhiddin Madaminov qora donalarda gretsiyalik Nikolas Teodoru bilan, Ortiq Negmatov qora donalarda hindistonlik Sankalp Gupta bilan, Jahongir Vohidov qora donalarda serbiyalik Teodora Inyak bilan ro‘baro‘ keladi.

9 ta turdan iborat “Sharjah Masters-2025” xalqaro turniri 26 mayga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nodirbek Abdusattorov va boshqalar “Sharjah Masters-2025”da dona surmoqda