Xalqaro oila kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyat musiqali drama teatrida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda oila va milliy qadriyatlarni mustahkamlash, ibratli oilalarni rag‘batlantirish, jamiyatda sog‘lom, ahil va namunaviy oilalarning nufuzini oshirish maqsad qilindi.

Tadbirda oila degan muqaddas maskanni asrab-avaylash, o‘zaro hurmat va mehr-muhabbatga asoslangan mustahkam birlikni ta’minlash, farzand tarbiyasida ota-onaning mas’uliyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Unda 100 dan ziyod ibratli oila vakillari, keng jamoatchilik va davlat tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi.

Viloyat hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nargiza Tojibayeva, viloyat aholisini va tadbir qatnashchilarini Xalqaro oila kuni bilan tabrikladi.  

Tadbir doirasida oilaviy tarbiya, mahalla hayotida faol ishtiroki, farzandlar ta’lim-tarbiyasi, xonadon va atrof muhitni obod etish borasida namunali faoliyat ko‘rsatayotgan 100 nafar oila  sohibalari “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, bir guruh faollarga viloyat hokimining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Taqdirlanganlar orasida sud va huquq-tartibot organlari xodimlari, Milliy gvardiya va harbiy xizmatchilar, rahbariyat va jamoat faollari ham borligi mazkur tadbirning nufuzi va qamrovi yil sayin kengayayotganini ko‘rsatadi. Agar o‘tgan yili 13 nafar sirdaryolik “Ibratli oila” ko‘krak nishoniga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, bu yil 100 ta oila ana shunday yuksak sharafga muyassar bo‘ldi.

[gallery-23420]

Tadbirda so‘z olganlar oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati, milliy an’analar va oilaviy qadriyatlarning jamiyat barqarorligidagi o‘rni haqida fikr almashdilar.

G‘ulom Primov, Shahriyor Ortiqboyev (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yurt iftixori bo‘lgan ibratli oilalar taqdirlandi