O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 yanvardagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF–16-son Farmoni ijrosini ta’minlash, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ushbu yo‘nalishda davlat organlarining fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro hamkorlikdagi sa’y-harakatlarini hamda O‘zbekiston ekologik partiyasining fuqarolar ekologik bilimlarini oshirishga qaratilgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 
qaror qilaman:

I. Kutilayotgan maqsadli ko‘rsatkichlar

1. Ushbu qarorni qabul qilishdan ko‘zlanayotgan asosiy maqsad etib 2030 yilda quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish belgilansin:

(a) 3,3 million nafar maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida ekologik madaniyatning shakllanishi;

(b) 4,2 million nafar umumiy o‘rta ta’lim tizimi tashkilotlari o‘quvchilarida ekologik ta’lim-tarbiyaning mustahkamlanishi, ekologik madaniyatning yuksalishi;

(v) 400 ming nafar o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tizimi tashkilotlari o‘quvchilarida ekologik ta’lim-tarbiyaning mustahkamlanishi, ekologik madaniyatning yuksalishi;

(g) 1,9 million nafar oliy ta’lim tizimi tashkilotlari talabalarida ekologik madaniyatning yuksalishi;

(d) 90 foiz davlat organlari, korxona va muassasalari xodimlarida ekologik madaniyatning yuksalishi.

II. Dasturiy hujjatlar va ularni amalga oshirish mexanizmlari

2. Quyidagilar:

(a) 2030 yilgaчa bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda – Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;

(b) 2030 yilgaчa bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini 2025-2026 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda – “yo‘l xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq; 

(v) 2030 yilgaчa bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini qabul qilishdan kutilayotgan maqsadli ko‘rsatkichlar (indikatorlar) (keyingi o‘rinlarda – maqsadli ko‘rsatkichlar (indikatorlar) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Belgilab qo‘yilsinki:

(a) Konsepsiya 2027 yildaн boshlab Vazirlar Mahkamasi tomonidan har ikki yil muddatga tasdiqlanadigan alohida “yo‘l xaritasi” asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi;

(b) davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining ekologik bilimini oshirishga qaratilgan bepul o‘quv kurslari tashkil etiladi;

(v) davlat organlari va tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ekologik madaniyatni yuksaltirish bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirish uchun nodavlat notijorat tashkilotlarga qonunchilikda belgilangan tartibda har yili to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish yo‘li bilan davlat ijtimoiy buyurtmasi beriladi;

(g) Konsepsiya va “yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida hamda samarali amalga oshirilishi, maqsadli ko‘rsatkichlarga (indikatorlarga) erishilishi ekologiya, iqlim o‘zgarishi, o‘rmon xo‘jaligi va turizm sohasidagi vazirlik va idoralar faoliyatining 2025 yil va undan keyingi yillar uchun eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarиda (KPI) inobatga olinadi;

(d) fuqarolik jamiyati institutlari, olimlar, mutaxassislar, xorijiy ekspertlar Konsepsiya va “yo‘l xaritasi”ni samarali amalga oshirishda keng jalb qilinadi.

III. Davlat organi mas’uliyatini oshirish

4. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (keyingi o‘rinlarda – Ekologiya vazirligi) aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish sohasida muvofiqlashtiruvchi davlat organi etib belgilansin.

5. Ekologiya vazirligiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilsin:

(a) yangi tahrirdagi Konstitutsiyada mustahkamlangan har kimning qulay atrof-muhitga, uning holati to‘g‘risida ishonchli axborotga ega bo‘lish huquqini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish choralarini ko‘rish;

(b) ilg‘or xorijiy tajriba asosida ekologik ta’lim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish choralarini ko‘rish, ushbu yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash;

(v) jamiyatda yuksak ekologik madaniyatni shakllantirish bo‘yicha targ‘ibotning innovatsion usullarini joriy etish, bunda raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan keng foydalanish;

(g) aholining ekologik madaniyatini shakllantirish 
va yuksaltirishda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda jamoatchilik nazorati mexanizmlarini takomillashtirish choralarini ko‘rish.

IV. Ekologik axborot oshkoraligini ta’minlash choralari

6. O‘zbekiston Respublikasining Atrof-muhit bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning axborot olish imkoniyati, ishtiroki va odil sudlovga erishish imkoniyati to‘g‘risidagi konvensiyaga (Orxus konvensiyasi, Orxus shahri, Daniya, 1998 yil 25 iyun) qo‘shilganligi munosabati bilan shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2025 yil 1 dekabrdan boshlab Ekologiya vazirligi atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimi ma’lumotlari bazaлaриniнg jamoatchilik uchun ochiqligini ta’minlaydi hamda ularda quyidagi ma’lumotlarni joylashtirib boradi:

(a) har yili “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekiladigan daraxt va ko‘chatlar haqida (manzili, parvarishlash uchun mas’ul shaxslar, ko‘chat turi va b.);

(b) davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesish uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish maqsadida taqdim etilgan arizalar haqida (murojaatchilar, daraxtlar soni, turi va manzili) va daraxtni kesish bo‘yicha o‘tkaziladigan jamoatchilik eshituvi haqida (sanasi, vaqti, manzili va natijalari);

(v) suv havzalarida noruda materiallarni qazib olish bo‘yicha joriy qilingan moratoriy tartibini buzgan shaxslar haqida;

(g) mo‘ljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning atrof-muhitga ehtimol tutilgan ta’siri masalalarini aholi 
va jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilish maqsadida tashkil etilgan jamoatchilik eshituvlari natijalari haqida;

(d) strategik ekologik baholash ob’ektlari, jumladan, shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari, davlat dasturlarining, konsepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy 
va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari yuzasidan jamoatchilik eshituvi natijalari haqida;

(ye) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida o‘tkazilgan reydlar, tekshiruvlar, monitoringlar natijasida aniqlangan qonun buzilishi holatlari va ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilgan choralar haqida;

(j) hududlarga qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish uchun biriktirilgan sanitar-tozalash korxonalari (korxona nomi, rahbari va uning o‘rinbosari familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning telefon raqamlari, dispetcherlik xizmati va murojaatlarni qabul qilish xizmati ma’lumotlari, qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish reja-grafiklari) haqida;

(z) chiqindilarni qabul qilish, saralash, qayta ishlash va yoqish orqali muqobil energiya ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar haqida (korxona nomi, faoliyat turi, telefon raqamlari, ikkilamchi xomashyo, saralangan chiqindilarni qabul qilish maskanlari manzillari).

V. Ekologik madaniyatni shakllantirish va yuksaltirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar

7. Ekologiya vazirligi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda 2025 yildan boshlab har yili quyidagilarni amalga oshirib borsin:

(a) aholining turli qatlamlari, talabalar va o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yangi daraxt – yangi nafas” respublika ekochempionati;

(b) har oyda bir marotaba “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida aksiyalar, tashviqot tadbirlari.

8. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Ekologiya vazirligi bilan birgalikda “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan barcha turdagi ta’lim muassasalarida ekologiya o‘quvining majburiyligi haqidagi talabni to‘laqonli ro‘yobga chiqarish maqsadida:

(a) 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan ilmiy loyihalar tanlovida aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishni ilmiy-amaliy jihatdan tadqiq etishga oid mavzularni har yili e’lon qilib borsin;

(b) oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan O‘zbekiston ekovolontyor talabalari harakatini tashkil etsin.

9. Ekologiya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi va Yoshlar ishlari agentligining ekologiya yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib borayotgan, O‘zbekiston hamda xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan vatandosh talabalar va olimlarni birlashtiruvchi “Ekolog olimlar hamjamiyati” nodavlat notijorat tashkilotini ta’sis etish haqidagi taklifiga rozilik berilsin. Bunda:

(a) Ekologiya vazirligi uch oy muddatda “Ekolog olimlar hamjamiyati” belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin.

(b) Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga Ekologiya vazirligi buyurtmasi asosida “Ekolog olimlar hamjamiyati”ga zarur mablag‘lar ajratib borish tavsiya etilsin.

10. 2025 yil 1 avgustdan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi davlat inspektorlari quyidagi holatlar aniqlanganda tezkor nazorat tadbirlarini tekshiruvlar boshlangandan so‘ng yigirma to‘rt soat ichida “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olish orqali Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor etish tartibida amalga oshiradi:

(a) yuridik shaxslarning o‘z hududida binolarni, inshootlarni yoki boshqa ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish chog‘ida belgilangan talablarni buzib, kimyoviy, biologik vositalarni qo‘llagan holda daraxtlarni, butalarni yoki boshqa o‘simliklarni qasddan shikastlantirish, payhon qilish yoki yo‘q qilish;

(b) o‘lchami besh yuz kvadrat metr va undan ortiq bo‘lgan qurilish maydonida, unga tutash bo‘lgan hududda hamda undan chiqish yo‘llarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablarni buzish yoxud ushbu hududlarda ifloslantiruvchi moddalarning yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlardan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarilishiga yo‘l qo‘yish;

(v) yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni saqlash.

VI. Qaror ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat

11. Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishda parlamentning rolini oshirish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga quyidagilar tavsiya etilsin:

(a) O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining taklifi bilan ushbu qaror bilan tasdiqlanayotgan Konsepsiya, “yo‘l xaritasi” va maqsadli ko‘rsatkichlarga (indikatorlarga) erishish borasida chora-tadbirlarning amalga oshirilishi to‘g‘risida davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish;

(b) xalqaro tajribani o‘rgangan holda ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha qonun hujjatlarini takomillashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish.

12. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga Ekologiya vazirligining hududiy bo‘linmalari boshliqlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasi, shuningdek, hududlarda atrof-muhitning holati haqidagi hisobotlarini har yili eshitib borish tavsiya etilsin.

13. Ekologiya vazirligi: 

(a) Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda “yashil iste’mol” madaniyatining kundalik qoidalarini bilishni, tabiiy resurslarni isrof qilmaslik kabi xalqimizning milliy udum va qadriyatlarini targ‘ib qiluvchi ijtimoiy axborot ommaviy axborot vositalari, tashqi reklama va axborotni tarqatuvchilar tomonidan e’lon qilinishini (joylashtirilishini) tashkil etsin;

(b) mazkur qaror bilan tasdiqlanayotgan Konsepsiya va “yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida hamda samarali bajarilishini, shuningdek, maqsadli ko‘rsatkichlarga (indikatorlarga) erishilishini ta’minlash maqsadida:

(i) bir oy muddatda O‘zbekiston ekologik partiyasi bilan kelishgan holda ekologiya, iqlim o‘zgarishi, o‘rmon xo‘jaligi va turizm sohasidagi vazirlik va idoralar faoliyatining 2025 yil uchun eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarиda (KPI) Konsepsiya, “yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar bajarilishi va maqsadli ko‘rsatkichlarga (indikatorlarga) erishilishi inobatga olinishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

(ii) ekologiya, iqlim o‘zgarishi, o‘rmon xo‘jaligi va turizm sohasidagi vazirlik va idoralar faoliyatining 2030 yilga qadar bo‘lgan davrdagi eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarиda (KPI) Konsepsiya, “yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar bajarilishi va maqsadli ko‘rsatkichlarga (indikatorlarga) erishilishi inobatga olinishini ta’minlasin;

(v) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki 
oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

14. Kinematografiya agentligi uch oy muddatda Ekologiya vazirligi bilan birgalikda fuqarolar, jumladan, yoshlar va bolalar uchun ekologik mavzularda va “yashil iste’mol” madaniyatining kundalik qoidalarini bilishni, tabiiy resurslarni isrof qilmaslik kabi xalqimizning milliy udum va qadriyatlarini targ‘ib qiluvchi ijtimoiy axborot, multiplikatsion va animatsion filmlar yaratilishini tashkil etsin.

15. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda muntazam ravishda: 

(a) ekologik mavzularni tizimli va tahliliy yoritib borish hamda aholini ekologik qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashga doir teleko‘rsatuvlar va chiqishlar ko‘lamining kengaytirilishini;

(b) Konsepsiya va “yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish natijalarining ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘ida va ijtimoiy tarmoqlarda keng sharhlab borilishini hamda ularning mazmun-mohiyati jamoatchilikka tushuntirilishini;

(v) Konsepsiya va “yo‘l xaritasi” doirasida amalga oshirilayotgan barcha tadbirlarning ijrosi va natijalari to‘g‘risida xolis va to‘liq ma’lumotlar aholiga tezkorlik bilan yetkazilishini ta’minlasin.

16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A.A.Abduxakimov belgilansin.

Ushbu qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi 

      Prezidenti                                                   Sh.MIRZIYOEV

 Toshkent shahri, 

2025 yil 15 may

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2030 yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida